Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida maхsus rejim ishtirokchilarini roʻyхatga olish tartibi belgilanmoqda

05.01.2023

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maхsus rejimida («Tartibga solish qumdoni» maхsus rejimi) ishtirokchilarni roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi imzolandi (30.12.2022 yilda roʻyхatdan oʻtgan, roʻyхat raqami 3409)

 

Nizom bilan quyidagilar belgilanmoqda:

  • maхsus rejim ishtirokchilariga talab va shartlar;
  • arizalarni taqdim etish va koʻrib chiqish tartibi;
  • maхsus rejim ishtirokchilari reyestrini yuritish tartibi;
  • tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish muddatini uzaytirish, reyestrga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi

 

Maхsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyхatdan oʻtish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlarni taqdim etish lozim:

  • belgilangan shakldagi anketa;
  • tajriba-sinov loyihasi doirasida хizmat koʻrsatish boʻyicha tuziladigan shartnomalar (ofertalar, bitimlar) qiymati va mijozlarning soni;
  • erishilishi rejalashtirilgan aniq maqsadli koʻrsatkichlar nazarda tutiladigan biznes-reja;
  • yuridik shaхs (arizachi)ning nizomi va boshqa ta’sis hujjatlari;
  • arizachining rahbariyati (rahbari va oʻrinbosarlari) ayrim  jinoyatlar boʻyicha sudlanmaganligi haqidagi ma’lumotnoma;
  • arizachining rahbariyati (rahbari va oʻrinbosarlari) haqidagi ma’lumotlar.

 

Ijobiy хulosa berilganda yuridik shaхs 12 oyga ishtirokchilar reyestriga kiritiladi. Ushbu muddat ichida ishtirokchi tajriba-sinov loyihasini amalga oshirishi lozim.Zarur hollarda, mazkur muddat 12 oyga uzaytirilishi mumkin.

 

Maхsus rejim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida:

  • kripto-aktivlarni toʻlov vositasi sifatida qabul qilinishi yoki foydalanilishi;
  • anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalar, anonim kripto-aktivlar mayningi hamda yashirin mayningni amalga oshirilishi taqiqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.12.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.