Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kripto-aktivlar oboroti uchun elektr energiyasi qimmatlashadi

16.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi (9.12.2019 yildagi 979-son VMQga qarang). U uch oydan keyin kuchga kiradi.

 

Ulangan quvvatidan qat’i nazar, kripto-aktiv va mayning sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi iste’molchilar foydalangan elektr energiyasi uchun toʻlovlarni tegishli tarif guruhiga asosan belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar oʻsuvchi koeffitsiyentga muvofiq toʻlaydi.

 

Yaqin kunlarda bunday iste’molchilarni aniqlash va ularga oʻsuvchi koeffitsiyentni qoʻllash tartibi ishlab chiqiladi. Bu vazifani Energetika vazirligiga Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda amalga oshirish topshirilgan.      

 

Qaror iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish hamda elektr energiyasidan oqilona foydalanishni keng targʻib etish maqsadida qabul qilingan.

 

Ma’lumot uchun:

  • kripto-aktiv – blokcheyndagi qiymati va egasi boʻlgan yozuvlar jamligi;
  • blokcheyn – taqsimlangan ma’lumotlar reyestri, unda barcha ma’lumotlar ketma-ket yoziladi va bloklarga taqsimlanadi, bunda har bir yangi blok kriptografik imzo orqali avvalgi bloklar bilan bogʻliq boʻladi;
  • mayning – turli kriptovalyutalarda yangi birliklar va komissiya yigʻimlari formatida mukofot olish imkonini beradigan taqsimlash platformasini ta’minlash va yangi bloklar yaratish boʻyicha faoliyat.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.03.2020 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.