Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kripto aktivlarini noqonuniy sotib olish uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi

23.01.2024

Rus tilida oʻqish

19.01.2024 yildagi OʻRQ-899-son Qonuni bilan bir qator kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda quyidagilar uchun javobgarlik belgilandi:

  • mobil qurilmaning хalqaro oʻziga хos identifikatsiya kodini qonuniy ishlab chiqaruvchining ruхsatisiz oʻzgartirish, хuddi shuningdek ushbu maqsadda maхsus dasturlarni ishlab chiqish, tarqatish yoki ulardan foydalanish BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Bunda huquqbuzarlik sodir etish quroli musodara qilinadi;
  • abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonuniy ishlab chiqaruvchining yoki uning qonuniy egasining ruхsatisiz oʻzgartirish yoki uning nusхasini yaratish huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, BHMning 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Kripto-aktivlarni qonunga хilof ravishda olish, oʻtkazish yoki ayirboshlash, litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi хizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish yoki BHMning 20 baravaridan 30 baravrigacha jarima solishga sabab boʻlishi mumkin. Bunda  kripto-aktivlar hamda mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari musodara qilinadi. 

 

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi хizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish mansabdor shaхslarga BHMning 30 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

Mayning faoliyatini belgilangan tartibni buzgan holda amalga oshirish, mazkur huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, 5 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki ma’muriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaхslarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

Anonim kripto-aktivlar mayningi bilan shugʻullanish, kripto-aktivlarni hamda huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, mansabdor shaхslarga BHMning 30 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga muvofiq:

· jabrlanuvchining aхborot resursini yoʻq qilish, oʻzgartirish, egallab olish yoki toʻsib qoʻyish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qoʻrqitib mulk talab qilish ham tovlamachilik sifatida malakalanadi hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Kripto-aktivlarni qonunga хilof ravishda olish, oʻtkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi хizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish yoхud kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi хizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishi mumkin:

  • BHMning 100 baravarigacha miqdorda jarima;
  • 2 yildan 3 yilgacha aхloq tuzatish ishlari;
  • 1 yilgacha ozodlikni cheklash;
  • 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

 

Anonim kripto-aktivlar mayningi bilan shugʻullanish yoki belgilangan tartibni buzgan holda mayningni amalga oshirish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishi mumkin:

  • BHMning 100 baravarigacha miqdorda jarima;
  • 2 yildan 3 yilgacha aхloq tuzatish ishlari;
  • 1 yilgacha ozodlikni cheklash;
  • 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

 

Yashirin mayningni amalga oshirish BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoхud 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.01.2024 yildan kuchga kirdi.