Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Kunduzi chiroqni yoqib: kim faralarni yoqishi kerak

07.06.2019

Rus tilida oʻqish

Qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 04.06.2019 yildagi 460-son qaroriga muvofiq “faralar” boʻyicha qat’iy talab haydovchilarga emas, ishlab chiqaruvchilarga qoʻyiladi, deya хabar beradi Adliya vazirligi oʻzining Telegram-kanalida.

 

Vazirlar Mahkamasining 9 apreldagi 292-son qarori bilan barcha transport vositalariga chiroqlarni kunduzi yoqib yurish boʻyicha talab qoʻyilgan edi.

 

U joriy etilgandan soʻng oʻtgan davr  davomida Ichki ishlar vazirligi tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda ushbu tartib tahlil qilindi hamda tegishli loyiha may oyining boshida Hukumatga kiritilgan.

 

Vazirlar Mahkamasining 04.06.2019 yildagi 460-son qaroriga muvofiq “faralar” boʻyicha qat’iy talab haydovchilarga emas, ishlab chiqaruvchilarga qoʻyiladi.

 

Ya’ni qarorga koʻra, 2021 yil 1 yanvarga qadar kunduzi chiroqlarni yoqib harakatlanish shartligi toʻgʻrisidagi talab faqatgina avtomatik yonib turuvchi kunduzgi chiroqlari bor mashinalarga nisbatan tatbiq etiladi.

 

Shuningdek, 2020 yil 1 yanvardan boshlab ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga sutkaning yorugʻ vaqtida avtomatik yonadigan chiroqlar oʻrnatish majburiy etib belgilanadi. Import avtomobillarning ham shunday avtomatik yonadigan chiroqlari boʻlmasa, mamlakat ichkarisiga olib kirilishiga ruхsat berilmaydi.

 

Bundan tashqari, Hukumat topshirigʻiga asosan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga ham tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorini (hozirgi vaqtda 101 ming 365 soʻm) kamaytirishga oid tegishli Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.