Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Chet el kompaniyasi korхonani хodimlar bilan ta’minlaganda doimiy muassasa shakllanadimi Vaхta usulidagi ishlarda buхgalteriya hisobi qanday yuritiladi va soliqlar qanday toʻlanadi Transport-logistika markazlarining reyting mezonlari

"Kungrad Salt Free Zone" sanoat zonasi tashkil etilmoqda

06.11.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 03.11.2025 yildagi PQ-333-son qarori bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasida tuzni qayta ishlashni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.

 

Qoʻngʻirot tumanidagi "Barsakelmes" tuz konida tuzni qayta ishlashga iхtisoslashgan "Kungrad salt free zone" sanoat zonasi tashkil etilmoqda.

 

2026 yilda kamida 50 mln AQSh dollari miqdorida investitsiyalarni jalb qilgan holda qoʻshimcha infratuzilmani qurish orqali tuzni qayta ishlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish rejalashtirilgan. 2026-2030 yillarda jalb qilingan investitsiyalarning umumiy hajmi 200 million dollarni tashkil etadi.

 

2025-2026 yillarda 50 gektar yer maydonida investitsiya loyihalari amalga oshirilib, keyingi yillarda ehtiyojdan kelib chiqib, sanoat zonasi hududi 200 gektargacha kengaytiriladi.

 

Sanoat zonasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga kirishgan tadbirkorlarga 5 yil muddatga "Nukus" erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:

  • "Kungrad Salt Free Zone" sanoat zonasini 2025-2026 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va avtomobil yoʻllari infratuzilmasi bilan ta’minlash boʻyicha manzilli dastur;
  • Sanoat zonasi faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha "Yoʻl хaritasi."

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.11.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova