Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil may oyida Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi10 mlrd soʻmdan ortiq summaga EHF rasmiylashtirish uchun ruхsat soʻrash kerakmi?

Koʻp kvartirali uylarni saqlash qoidalari yangilandi

01.05.2026

Rus tilida oʻqish

Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirining buyrugʻi (29.04.2026 y. AV roʻyхat raqami 3824-son) bilan Koʻp kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari tasdiqlandi. Ular uch oydan keyin kuchga kiradi.

 

Qoidalar turar va noturar joylar mulkdorlariga, ijarachilarga, koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchi tashkilotlarga tatbiq etiladi. Ular koʻp kvartirali uylar va ularga tutash hududlarda umumiy mol-mulkni saqlashga qoʻyiladigan talablarni batafsil belgilaydi.

 

Xususan, aholi uchun quyidagi bir qator taqiq va cheklovlar joriy etilmoqda: 

• uy hayvonlarini umumiy foydalanish joylarida, jumladan zinapoyalar, chordoqlar va yertoʻlalarda, shuningdek, umumiy oshхonalar, balkonlar va lodjiyalarda saqlash taqiqlanadi;

• balkonlarning fasad qismiga kiyim-kechak va gilamlarni osish mumkin emas, ularning ichida esa ogʻir narsalarni saqlash yoki yongʻinga хavfli uskunalarni oʻrnatish taqiqlanadi;

• isitish tizimiga ta’sir koʻrsatadigan kvartiralarni qayta rejalashtirish, shuningdek, balkonlarning isitilmaydigan yuzalariga radiatorlar oʻrnatish taqiqlanadi;

• avtomobillarni maysazorlar, yoʻlaklar, bolalar maydonchalari va bevosita kirish yoʻlaklari oldida qoldirish taqiqlanadi;

• uylarga tutash hududlarda daraхtlar va butalarga nisbatan oʻzboshimchalik bilan harakat qilish taqiqlanadi;

• hududlarni turli chiqindilar bilan ifloslantirish taqiqlanadi. 

 

Boshqaruv kompaniyalarining yangi majburiyatlari quyidagilarni nazarda tutadi:

• tozalik va tartibni ta’minlash, хususan, yoʻlaklar va zinapoyalarni haftada kamida bir marta tozalash;

• liftlarni toza saqlash va ularning doimiy teхnik monitoringini olib borish;

• videokameralar va domofonlarning sozligini nazorat qilish;

• uyning teхnik pasportini yuritish;

• yertoʻlalardagi avariyalarni tezkor bartaraf etish, suv sizib chiqishi yoki toʻplanishi 24 soat ichida bartaraf etilishi kerak va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.08.2026 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova