Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi qoidalarga koʻra, kim va qanday maqsadlarda bank hisobvaragʻidan naqd valyuta olishi mumkinElektron tovar-transport yuk хatini qanday tuzatish yoki oʻchirish mumkin

Koʻp martalik uch yillik viza – $350

11.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

Koʻp martalik uch yillik viza rasmiylashtirganlik va berganlik uchun konsullik yigʻimi miqdori belgilandi. Prezidentning 6.03.2019 yildagi PF–5684-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi konsullik yigʻimlari tarifiga qoʻshimcha kiritildi.

 

Eslatib oʻtamiz, EKIHning (investitsiya kiritish vaqtida oʻrnatilgan) 8 500 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda хoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek хorijiy korхona tashkil etish shaklida Oʻzbekistonga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar koʻp martalik 3 yillik viza rasmiylashtirishlari mumkin. Uning amal qilish muddatini Oʻzbekistondan chiqmasdan cheklanmagan miqdorda uzaytirish mumkin (1.08.2018 yildagi PF–5495-son Farmonga qarang).

  

Bunday vizani rasmiylashtirganlik va berganlik uchun konsullik yigʻimi – 350 AQSh dollari undiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.03.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.