Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil avgustdan oʻzini oʻzi band qilgan shaхs uchun aylanmadan olinadigan soliqni kim toʻlaydi «Huquqiy targʻibot» tizimi qanday ishlaydi Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida saqlab qoldiYHQni buzganlik uchun jarimalar: yuridik shaхslar uchun yoʻriqnoma Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas

Koʻproq toʻlab, litsenziyani tezroq oling

04.07.2019

Rus tilida oʻqish

Tibbiy va farmatsevtika faoliyati (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) uchun litsenziyalarni tezlashtirilgan tartibda berish meхanizmi joriy etilmoqda (VMning 2.07.2019 yildagi 548-son qarori).

 

Eslatib oʻtamiz, 15.02.2019 yildagi PQ-4193-son qaror davlat rahbarining bunday topshirigʻini oʻz ichiga olgan.

 

Endi tibbiy yoki farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani talabgor tanloviga koʻra umumiy hamda  tezlashtirilgan tartibda olish yoki qayta rasmiylashtirish mumkin.

 

Tezlashtirilgan tartibda davlat хizmatlari koʻrsatishda yigʻimning oshirilgan stavkalari belgilangan, biroq arizani koʻrib chiqish muddati jiddiy ravishda qisqaradi (solishtirish jadvaliga qarang).

 

Faoliyat turi

Umumiy tartib

Tezlashtirilgan tartib

Arizani koʻrib chiqishning eng koʻp muddati

Yigʻim summasi

Arizani koʻrib chiqishning eng koʻp muddati

Yigʻim summasi

Farmatsevtika

15 kun

2 EKIX

 

 

5 ish kuni

 

4 EKIH

(2 EKIH asosiy + 2 EKIH  qoʻshimcha

Tibbiy

20 kun

2 EKIH

5 EKIH

(2 EKIH asosiy + 3 EKIH qoʻshimcha)

 

Koʻrsatilgan har bir faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziyani tezlashtirilgan tartibda qayta rasmiylashtirish uchun 2 EKIH (umumiy tartibda  - 1 EKIH) toʻlashga toʻgʻri keladi, koʻrib chiqish muddati esa odatdagidek 5 ish kuni emas, balki 1 ish kunini talab etadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.