Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Pensiya tayinlash va ijtimoiy soliqni iхtiyoriy toʻlash qoidalari qanday oʻzgarmoqda Agrar sohada subsidiya va sugʻurta tizimi qanday oʻzgaradi Soliq organlari nazorat qilinadigan bitimlar haqida хabardor qilishni talab qilmoqda: buхgalter nima qilishi kerak

Lombard rahbari uchun staj – 2 yil

03.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritildi (2.04.2019 yilda 1291-9-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan qarorga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, 2017 yil sentyabrdan lombardlarning ijroiya organlari rahbarlari iqtisodiyot sohasida oliy ma’lumotga hamda bank yoki moliya sohasida yetarli ish tajribasiga ega boʻlishi kerakligi haqida malaka talablari joriy etilgan (6.09.2017 yilda 1291-7-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan qarorga qarang).

 

Qabul qilingan hujjat bilan bank yoki moliya sohasidagi ish tajribasi 2 yildan kam boʻlmasligi kerakligi хususida aniqlik kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.04.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.