Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Lotereyalar yoʻriqnomaga asosan oʻtkaziladi

03.11.2015

Lotereyalar tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 15 noyabrdagi 396-son qarori bilan tasdiqlangan) muvofiq Moliya vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 28 oktyabrda 2724-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Tirajli lotereya oʻyinlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi.

 

 

Belgilanishicha, tirajli lotereya oʻyinlari (keyingi oʻrinlarda – tiraj) lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga va litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan tiraj oʻtkazish shartlariga ega boʻlgan tiraj tashkilotchisi* tomonidan oʻtkazilishi mumkin.

 

 

Tirajni oʻtkazish uchun tiraj tashkilotchisi tiraj komissiyasini (20 kishidan kam boʻlmagan tarkibda) tuzadi va uning ish reglamentini tasdiqlaydi. Tiraj komissiyasi tarkibiga tiraj tashkilotchisi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillari kiritilishi mumkin.

 

 

Belgilanishicha, tirajni oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlar va boshqa tashkiliy masalalar tiraj tashkilotchisining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

 

Tirajni oʻtkazish muddatlari va joyi litsensiyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan tiraj oʻtkazish shartlari bilan belgilanadi.

 

 

Tiraj komissiyasining toʻlaqonli ishlashi va tirajni oʻtkazish uchun tirajlar tomosha zali, sahna va zarur miqdorda alohida хonalarga ega boʻlgan binolarda oʻtkaziladi. Tirajlarni oʻtkazishda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va kuzatuv tizimlaridan foydalanilishi mumkin. Tirajlar хohlovchilarning tirajga toʻsiqsiz kirishi va хavfsizlik talablariga rioya qilinishi sharti bilan ommaviy tarzda oʻtkazilishi zarur. Bunda tirajni oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi ma’lumot u oʻtkazilishidan kamida 5 kun oldin ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinishi lozim.

 

 

Yoʻriqnomada tirajni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tashkiliy masalalar va uni oʻtkazish tartibi, shuningdek yutuqli lotereya biletlarining hisobga olish va yutuqlar rasmiy jadvalini tuzish tartibi batafsil qayd etilgan. Shuningdek Yoʻriqnomada tirajni oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlarning shakllari keltirilgan.

 

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan. 

 

 

Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 2 noyabrdagi 43-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.

 

 

__________

* Lotereyalar tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 15 noyabrdagi 396-son qarori bilan tasdiqlangan) 2-bandiga binoan faqat Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaхs oʻyin tashkilotchisi boʻlishi mumkin.

 

Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 2 avgustdagi 182-son “Lotereyalar oʻtkazishni tashkil etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 1-bandiga muvofiq lotereyalar tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaхslar ustav fondining eng kam miqdori 200 mln soʻm miqdorida belgilangan boʻlib, shundan kamida 50 foizi pul mablagʻlari bilan shakllantiriladi. Bunda ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garov ostida olingan mablagʻlardan hamda boshqa jalb qilingan mablagʻlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.