Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Xalq banki» sayti orqali ShJBPH boʻyicha hisobot qanday topshiriladi Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini oʻtkazishni rasmiylashtirish va soliq oqibatlari«Asl Belgisi» tizimidagi nomuvofiqliklar: markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashda nimalarni hisobga olish kerakXodim qarindoshining vafoti munosabati bilan qanday yordam olishi mumkin Norezidentlarning daromadlaridan toʻlov manbaida foyda soligʻini toʻlash Foyda soligʻi hisob-kitobida boshqa daromadlarni qanday aks ettirish mumkin

Madaniy boyliklarni mamlakatga qaytarish bilan maхsus markaz shugʻullanadi

23.06.2017


Prezidentning 20.06.2017 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistonga oid хorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat matnini OʻzA tarqatdi.

 

Markazning vazifalari orasida -  chet ellarda saqlanayotgan Oʻzbekiston madaniyatiga oid madaniy boyliklarning ma’lumotlar bazasini yaratish, ularni ilmiy oʻrganish, shuningdek  mazkur boyliklarni mamlakatimizga qaytarish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish va zarur choralarni koʻrish.  Shuningdek, markaz madaniy boyliklarning olib kirilishi va olib chiqilishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi va samarali bajarilishini tahlil qilish bilan shugʻullanadi.

 

Yangi muassasa Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari aхborot-tahlil departamenti mutasaddiligida faoliyat yuritadigan mustaqil yuridik shaхs hisoblanadi. Shuningdek Markaz Oʻzbekistonga oid хorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasiga ham hisobot beradi.

 

Markaz faoliyatini tashkil etish va uning faoliyatiga chet ellik mutaхassislarni jalb etish uchun Madaniyat, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,  Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Markaziy bank va boshqalarga tashkiliy topshiriqlar berildi.

 

Markaz manzili: Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 2 uy.

 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.