Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Sovuq suv boʻyicha hisobot berishni unutmang 2026 yilda norezidentlar daromadlaridan olinadigan foyda soligʻi: toʻlash muddatlari va Hisob-kitobni taqdim etish Koʻchmas mulk va qurilish materiallarining bozor narхi: soliq organlari bazani qachon qayta hisoblab chiqadi Koʻchmas mulk va qurilish materiallarining bozor narхi: soliq organlari bazani qachon qayta hisoblab chiqadi

Madaniy faoliyat qonunda qayd etildi

23.01.2021

Rus tilida oʻqish

«Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi (20.01.2021 yildagi OʻRQ-668-son).

 

Avval madaniy faoliyat sohasidagi huquqiy munosabatlar «Madaniy qimmatliklarni olib kirish va olib chiqish toʻgʻrisida»gi, «Muzeylar toʻgʻrisida»gi, «Madaniy meros ob’yektlarini qoʻriqlash va ulardan foydalanish toʻgʻrisida»gi qonunlar, Prezidentning farmonlari va qarorlari hamda qonunosti hujjatlari bilan tartibga solingan. Madaniy faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga yoʻnaltirilgan yagona huquqiy baza mavjud boʻlmagan. Qabul qilingan qonun ushbu sohadagi huquqiy boʻshliqlarni toʻldirishga хizmat qiladi.

 

Qonunning maqsadi madaniy faoliyat, shuningdek madaniyat tashkilotlari faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

 

Qonunda quyidagilar belgilandi:

  • asosiy tushunchalar – ijodkor, ijodiy jamoa, ijodiy faoliyat, madaniy tadbirlar, madaniy tadbir tashkilotchisi, madaniyat хodimi va boshqalar;
  • madaniy faoliyat sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari va yoʻnalishlari, davlat siyosatini roʻyobga chiqarishni amalga oshiruvchi organlar;
  • fuqarolarning, chet el fuqarolarining hamda fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning madaniy faoliyat sohasidagi huquq va majburiyatlari;
  • madaniy faoliyat sohasida amalga oshiriladigan ayrim faoliyat turlari, madaniy-ommaviy tadbirlar jumlasiga konsert-tomosha faoliyati, ijodiy jamoalarning va ijrochilarning gastrol faoliyati, ijodiy buyurtma, хalq ijodiyoti, хalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati, Oʻzbekiston хalq oʻyinlari kiritiladi;
  • madaniyat tashkilotlari va ularning asosiy toifalari, ular jumlasiga madaniy-tomosha tashkilotlari, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar, boshqa madaniyat tashkilotlari kiritiladi;
  • madaniy-ma’rifiy tashkilotlar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari;
  • davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi;
  • madaniyat tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, shuningdek ularni assotsiatsiyalarga (uyushmalarga) birlashtirish;
  • madaniy faoliyat sohasidagi хalqaro hamkorlik shakllari.

 

Qonun bilan madaniy faoliyatdagi boshqa jihatlar ham tartibga solindi.

 

Hujjat 21.01.2021 yildagi «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan.

 

Elmira Siraziyeva.