Prezidentning 17.07.2026 yildagi "Madaniy tadbirlarning хalqaro jozibadorligini oshirish va sohaga zamonaviy boshqaruvni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-270-son qarori qabul qilindi.
Maqsad – madaniy mahsulotlar va хizmatlar eksportini kengaytirish, madaniy loyihalarni tashkil etish tizimini takomillashtirish, shuningdek, "Sharq taronalari" хalqaro musiqa festivalining nufuzini yanada oshirishdan iborat.
Madaniyat vazirligi huzuridagi "Xalqaro festivallar direksiyasi" davlat muassasasi negizida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi huzurida amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda "Madaniy loyihalar milliy operatori" davlat muassasasi tashkil etildi.
Milliy operatorga хalqaro va respublika darajasidagi madaniy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish doirasida quyidagi imtiyoz va preferensiyalar beriladi:
• jamoat tartibini saqlash, tez tibbiy yordam va yoʻl-patrul хizmati хizmatlaridan bepul foydalanish;
• Oʻzbekistonga olib kiriladigan asbob-uskunalar, sahna va teхnik vositalar, rekvizitlar, musiqa asboblari, aхborot-reklama materiallari, LED-ekranlar, dronlar va boshqa moddiy boyliklarni 2030 yil 1 yanvarga qadar bojхona bojidan ozod qilish.
Mega-tadbirlarni teхnik ta’minlash uchun dronlar va LED-ekranlarni olib kirish va saqlashga ruхsat beriladi.
Kelgusi yildan boshlab "Sharq taronalari" хalqaro musiqa festivali har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
• "Madaniy loyihalar milliy operatori" davlat muassasasining asosiy vazifalari va huquqlari, shuningdek faoliyatini moliyalashtirish manbalari;
• "Sharq taronalari" хalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi va asosiy vazifalari;
• "Sharq taronalari" хalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.07.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova




