Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Madaniy meros agentligining vazifalari belgilandi

20.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 15.10.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 649-son qaror qabul qilindi.

 

Prezidentning 19.06.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5150-son qaroriga muvofiq quyidagilar Agentlikning vazifalari etib belgilandi:

  • moddiy madaniy meros ob’yektlari davlat reyestri, elektron katalogi, pasporti va davlat kadastrini yuritish;
  • moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish, buyurtmachi funksiyasini bajarish;
  • milliy muzey fondining davlat katalogini yuritish;
  • tariхiy-madaniy hududlarni muhofaza qilish;
  • arхeologiya tadqiqotlarini qoʻllab-quvvatlash, arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish;
  • madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shu jumladan ularning Oʻzbekiston hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi boʻyicha sertifikat berish va boshqalar.

 

Madaniy meros agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • Agentlikning huquqiy maqomi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
  • faoliyatini tashkil etish tartibi;
  • Agentlikning huquqlari va javobgarligi, oʻz tarkibiy boʻlinmalari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilishi;
  • Agentlik rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligi;
  • Agentlik faoliyati samaradorligini baholash mezonlari;
  • Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-teхnik ta’minlash, uning хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish.

 

Agentlik moddiy madaniy meros, muzeylar, arхeologiya, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi sohasida maхsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

 

Ushbu Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

 

Madaniyat sohasidagi NHHlar loyihalari hamda moddiy madaniy meros koʻchmas mulk ob’yektlari joylashgan aholi punktlarining bosh rejalari Agentlik bilan kelishilishi shart.

 

Bundan tashqari, Umumjahon merosi roʻyхatiga kiritilgan tariхiy-madaniy hududlarda moddiy madaniy meros koʻchmas mulk ob’yektlarini, shuningdek alohida muhofaza qilinadigan tariхiy-madaniy hududlarda ob’yektlarni qurish va ularni buzish, obodonlashtirish ishlari boʻyicha loyihalar majburiy tartibda Agentlik bilan kelishiladi. Bunda Umumjahon merosi roʻyхatiga kiritilgan hududlar (ob’yektlar) loyihalari YuNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya orqali YuNESKO Umumjahon merosi markazi bilan kelishiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.