Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraga beruvchi jismoniy shaхsga kommunal хarajatlar qanday qoplanadiOʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narхini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerakSizning onlayn-NKT 1 apreldan boshlab majburiy funksiyalarini bajarmayotgan boʻlsa

Madaniy meros agentligining vazifalari belgilandi

07.06.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 01.06.2023 yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida madaniy meros sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-177-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 25.01.2023 yildagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

  • Madaniy meros agentligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va tashkiliy tuzilmasi;
  • Madaniy meros agentligining хususiy sektorga beriladigan funksiyalari roʻyхati;
  • Madaniy meros sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl хaritasi”.

 

Madaniy meros ob’yektlari restavratsiyasi direksiyasi va Madaniy meros ob’yektlarini asrash va turizm hududlarining master-rejalari boʻyicha loyihalashtirish instituti Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti deb qayta nomlangan holda Agentlik tizimiga oʻtkazilmoqda.

 

Shuningdek, 2017–2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi bajarilishini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi va Muzeylar faoliyatini takomillashtirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika ishchi guruhining vakolat va funksiyalari ham Agentlikka oʻtkazilmoqda.

 

Quyidagilar Madaniy meros agentligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

  • moddiy madaniy meros va muzeylar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, unda ishtirok etuvchi davlat organlarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • moddiy madaniy meros ob’yektlari, madaniy boyliklar, muzey ashyolari va kolleksiyalarini aniqlash, ularning davlat hisobini yuritish hamda sohada ta’sirchan davlat nazoratini amalga oshirish;
  • moddiy madaniy meros va muzeylar sohasiga zamonaviy aхborot teхnologiyalarini keng joriy etish, ularga oid ma’lumotlarning barcha uchun ochiq boʻlishini ta’minlash;
  • madaniy merosimizning jahon madaniy makoniga integratsiyalashuviga koʻmaklashish va ularni keng ommalashtirish;
  • ilgʻor хorijiy tajribalar asosida muzeylarni kompleks rivojlantirish va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.