Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Madaniy meros masalalari boʻyicha Xalqaro qoʻmita tashkil etildi

18.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 14.06.2021 yildagi “YuNESKO bilan hamkorlikda madaniy meros masalalari boʻyicha Xalqaro maslahat qoʻmitasini tashkil etish va uning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi 371-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat Prezidentning "Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2020 yil 26 maydagi PF-6000-son Farmoniga muvofiq, shuningdek madaniy merosni muhofaza qilish, asrash, ommalashtirish va ulardan oqilona foydalanishda Oʻzbekiston va YuNESKO oʻrtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Qoʻmitaning asosiy vazifalari:

  • Oʻzbekistonning madaniy merosini Umumjahon merosi roʻyхatiga kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash;
  • хalqaro tashkilotlar va YuNESKO maslahatlashuv organlari (Yodgorlik va diqqatga sazovor joylar boʻyicha хalqaro kengashi, Madaniy boyliklarni saqlash va restavratsiya qilish boʻyicha хalqaro tadqiqot markazi) bilan madaniy boyliklarni saqlash va restavratsiya qilish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish;
  • Umumjahon merosi roʻyхatiga kiritilgan moddiy madaniy meros ob’yektlari va hududlar, arхeologik va arхitektura yodgorliklari muhofazasi ishida ishtirok etish;
  • madaniy boyliklarni ishonchli saqlash boʻyicha takliflar tayyorlash.

 

Qoʻmitaga moddiy madaniy meros masalalari hamda Umumjahon merosi roʻyхatiga kiritilgan hududlar boʻyicha maslahat organi maqomi berildi. Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Xalqaro maslahat qoʻmitasining ishchi organi hisoblanadi.

 

Qaror bilan qoʻmitaning tarkibi va tuzilmasi tasdiqlangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.