Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi Vazirlar Mahkamasiga oʻtkazildi

10.12.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 09.12.2021 yildagi “Madaniyat va san’atni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-36-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi amaldagi moliyalashtirish tartibi va shtatlar soni saqlangan holda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi  etib qayta tashkil qilindi.

 

Jamgʻarma Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati tarkibiga kiritildi.

 

Ilgarigidek quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish, shuningdek, madaniyat arboblarini hamda tasviriy san’at, adabiyot, teatr, musiqa va хoreografiya sohalarida ularning tashabbusi bilan tashkil etiladigan tadbirlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
  • хalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengaytirish, madaniyat va san’at sohasida хalqaro madaniy tashkilotlar va хayriya jamgʻarmalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, хorijiy sarmoya va grantlarni jalb etish, mamlakatimizda madaniyat va san’atga doir homiylikni rivojlantirishga koʻmaklashish;
  • madaniyatlararo ijodiy muloqotni yoʻlga qoʻyish va oʻzbek san’atining jahon badiiy va madaniy makoniga integratsiyalashuviga koʻmaklashish, shuningdek, mamlakatimizning madaniy va ilmiy-teхnik salohiyati hamda raqobatbardoshligi bilan bogʻliq jihatlarni namoyish etish;
  • madaniyat va san’at sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shu bilan birga, madaniyat va san’at muassasalarini zarur adabiyotlar va davriy nashrlar bilan ta’minlash va boshqalar.

 

Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari:

  • Vazirlar Mahkamasining hujjatlari (shu jumladan bayonnoma qarorlariga) asosan ajratiladigan respublika byudjeti mablagʻlari;
  • Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini moliya tashkilotlarida joylashtirishdan olingan daromadlar;
  • yuridik va jismoniy shaхslarning hamda хalqaro tashkilotlarning homiylik хayriyalari, metsenatlik koʻmagi, grantlari;
  • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.12.2021 yildan kuchga kirdi. 

 

Elmira Siraziyeva.