Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Magistraturada ta’lim olayotgan хotin-qizlarning kontrakt toʻlovlari qoplab beriladi

18.08.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.08.2022 yildagi 447-son qarori bilan Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan хotin-qizlarning toʻlov-kontrakt summasini Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga asosan, davlat oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichida ta’lim olayotgan barcha хotin-qizlarga toʻlov-kontrakt asosida ta’lim olish summasi qaytarish shartisiz qoplanadi.

 

Davlat oliy ta’lim muassasasining magistratura bosqichiga qabul qilingan talabgorlar oʻquv yili uchun toʻlov-kontraktning toʻliq summasini qoplash uchun (tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt summasi toʻlovlari bundan mustasno) oʻzlari ta’lim oladigan oliy ta’lim muassasasining rektori (filial direktori) nomiga 15 sentyabrga qadar ariza berishlari kerak.

 

Arizalar uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Soʻngra talabgorlar roʻyхati shakllantirilib, besh ish kunida toʻlov-kontraktlarni qoplab berish uchun Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga yuboriladi.

 

2023 yildan boshlab talabgorlar roʻyхati oliy ta’lim muassasasining idoraviy mansubligiga koʻra tegishli vazirliklar va idoralarga yuboriladi.

 

Talabgorlarga toʻlov-kontrakt summasini qoplab berish toʻgʻrisida joriy oʻquv yilining 15 oktyabriga qadar tegishli oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori)ning buyrugʻi qabul qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.08.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.