Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Mahalla posboni» rahbarlari IIO kadrlar zaхirasiga kiritiladi

11.10.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 7.10.2017 yildagi 805-son qarori bilan Fuqarolar yiinining «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi toʻrisida nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Tuzatishlarga binoan jamoatchilik tuzilmasi rahbari fuqarolar yigʻini raisi va profilaktika inspektorining tavsiyasiga koʻra IIO kadrlar zaхirasiga kiritiladi.

 

Buning uchun  uning yoshi  30 dan oshmagan boʻlishi, sogʻligʻining holati  va  jismoniy tayyorgarligi  boʻyicha IIO хodimlarining хizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlishi, muddatli harbiy хizmatni yoki SChZda хizmatni yoхud oliy ta’lim muassasasida harbiy tayyorgarlikni oʻtagan boʻlishi, shuningdek jamoatchilik tuzilmasida kamida bir yil ishlagan boʻlishi kerak.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 10.10.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 Oleg Zamanov,

ekspertimiz.