Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2027 yildan boshlab bola parvarishi boʻyicha nafaqani kim toʻlaydi va PF 193-son Farmonga muvofiq yangi imtiyozlar Yirik soliq toʻlovchi va yirik tadbirkorlik sub’yekti: farq nimada Yirik soliq toʻlovchi va yirik tadbirkorlik sub’yekti: farq nimada

Mahallalarda aholi muammolarini aniqlashning yangi tizimi joriy etilmoqda

08.08.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 6 avgustdagi 486-son "Mahallalarda aholi muammolarini aniqlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.


2024 yil 1 oktyabrdan boshlab fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va hal qilish bilan "Mahalla yettiligi" vakillari yagona soʻrovnoma asosida shugʻullanadi. U "Raqamli mahalla" platformasida joylashtiriladi. "Mahalla yettiligi" foydalanayotgan mavjud elektron platformalar "Raqamli mahalla" platformasi bilan integratsiya qilinadi.

 

Hujjat bilan Yagona soʻrovnoma asosida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:

  • yagona soʻrovnoma asosida aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha mas’ul davlat organlari va tashkilotlarning majburiyatlari;
  • soʻrovlarni oʻtkazish bosqichlari va usullari;
  • "mahalla yettiligi" reytingini yuritish va "Raqamli mahalla" platformasida ishlash tartiblari.

 

Fuqarolar muammolarini yagona soʻrovnoma yordamida oʻrganish quyidagi hollarda tashkil etiladi:

  • fuqaroning murojaati asosida;
  • "eshikma-eshik" yurish natijalari boʻyicha;
  • boshqa fuqarolarning shaхsning ijtimoiy-iqtisodiy yordam (хizmat)ga ehtiyoji toʻgʻrisida хabar berishi.

 

Hujjat qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 7 avgustdan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.