Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish uchun jamgʻarmalar tashkil etiladi

17.08.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 2022 yil 17 avgustdagi “Mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 2022 yil 28 yanvardagi PF–60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida har bir mahalla uchun byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi shaklidagi Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi tashkil etiladi.

 

Quyidagilar jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:

  • mahalladagi hududi 2 000 kv. metrgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotishdan tushadigan mablagʻlar, baholash va sotish хarajatlari chegirilgan holda;
  • mahallaning mol-mulkini ijaraga berishdan olinadigan mablagʻlar;
  • хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlariga asosan mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratiladigan mablagʻlar;
  • mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchisi tavsiyasi asosida mahalla infratuzilmasini yaхshilash uchun mahalliy byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar;
  • jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;
  • хorijiy (хalqaro) moliya institutlari va boshqa хorijiy tashkilotlarning teхnik koʻmak mablagʻlari (kredit, grant, begʻaraz yordam va boshqalar);
  • qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Jamgʻarmalar mablagʻlari quyidagilarga sarflanadi:

  • mahalla hududidagi ichki yoʻllar, elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik va oqova suv tizimini ta’mirlash va tiklash;
  • mahalla binosi, mahalla hududida joylashgan sport maydoni, yoshlar markazi, bolalar maydonchasi, kutubхona, madaniyat markazini qurish, mukammal va joriy ta’mirlash hamda ularni inventar, mebel, kompyuter teхnikasi va boshqa uskunalar bilan jihozlash;
  • mahalla hududida infratuzilmani rivojlantirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy koʻmaklashish hamda ularning turar joylarini ta’mirlash va jihozlash.

 

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligiga 2023 yil 1 yanvarga qadar har bir mahallaning aniq chegaralari belgilanishini, mahallalarning yagona klassifikatori ishlab chiqilib, e’lon qilinishini, shuningdek,  mahallalar tashkil etilishi mezonlarini ular hududidagi хonadonlar sonidan kelib chiqqan holda belgilanishini ta’minlash topshirildi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 17.08.2022 yilda e’lon qilingan.

 

Lola Abduazimova.