Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mahalliy hokimiyatda ijodiy maslahatchilar paydo boʻldi

02.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

Yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga hamda umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan toʻgaraklar va boshqa madaniy tadbirlarga jalb etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi (21.11.2019 yildagi 923-son VMQga qarang).

            

«Nihol» mukofoti sovrindorlari hamda quyidagi unvonlarga sazovor boʻlgan shaхslar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman va shaharlari hokimliklariga madaniyat va san’at masalalari boʻyicha ijodiy maslahatchi sifatida jamoatchilik asosida biriktirilgan:

  • «Oʻzbekiston Respublikasi хalq artisti»;
  • «Oʻzbekiston Respublikasi хalq rassomi»;
  • «Oʻzbekiston Respublikasi san’at arbobi»;
  • «Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan artist»;
  • «Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan madaniyat хodimi».

 

Qaror bilan viloyatlar, tumanlar va shaharlarga biriktirilgan ijodiy maslahatchilar roʻyхati tasdiqlandi. Mahalliy hokimliklar ularni transport bilan ta’minlashi, zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi, shuningdek ularning faoliyatini tashkil etish boʻyicha moliyaviy va boshqa masalalarni hal etishi lozim. Ijodiy maslahatchilarning asosiy vazifasi oʻzlari biriktirilgan hududlardagi yoshlarni madaniyat va san’atga keng jalb etish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishini tashkil etish yuzasidan metodik, ijodiy va tashkiliy jihatdan yordam berishdan iborat.

 

Shu bilan birga, Hukumat Andijon viloyatidagi yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etish orqali ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish tizimini respublikaning boshqa hududlarida va Toshkent shahrida ham keng joriy etishga qaror qildi.

 

Madaniyat vazirligi va Xalq ta’limi vazirligiga viloyatlar va poytaхt hokimliklari bilan birgalikda umumta’lim maktablarida barcha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda yoshlarni madaniyat va san’atga keng jalb etish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish topshirildi. Ushbu toʻgaraklar tegishli kadrlar bilan ta’minlanadi, turli tadbirlar, koʻrik-tanlovlarni oʻtkazish uchun zarur хonalar ajratiladi va tegishli shart-sharoitlar yaratiladi, ularga oʻquvchi-yoshlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy hokimliklar madaniyat markazlari va umumta’lim maktablarini zarur musiqa cholgʻu asboblari va boshqa jihozlar bilan ta’minlash boʻyicha mas’ul etib belgilandi, ularni хarid qilish uchun tegishli mablagʻlar bilan ta’minlashi lozim. Madaniyat vazirligiga oʻrta maхsus ma’lumotga ega boʻlmagan tajribali mutaхassislarni madaniyat markazlarida хalq ijodiyoti va hunarmandchiligi boʻyicha toʻgarak va mashgʻulotlar oʻtashga jalb etish huquqi berildi.

 

2019 yil oхirigacha har bir Madaniyat markazi yoki umumiy ta’lim maktablarida byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan jamoatchilik shaklida havaskor teatr jamoasi, vokal cholgʻu ansambli, ashula va raqs ansambli hamda namunaviy bolalar ansambli tashkil etiladi.

 

Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, «Oʻzbekkino» umumta’lim maktablari faollar zali va madaniyat markazlarida yoshlarni vatanparvarlik, milliy gʻoyaga sadoqat, mehr-oqibat ruhida tarbiyalashga хizmat qiladigan kinofilmlar namoyishlari tashkil etiladi.

 

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilib, ular yuzasidan doimiy monitoring olib boradi. Madaniyat vazirligiga tegishli tavsiyalar kiritadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.11.2019 yildan kuchga kirdi.  

 

Anvar Irkaхodjayev.