Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Kim yer uchastkalariga ijara huquqini kredit ta’minoti sifatida garovga qoʻyishi mumkin Bekor turib qolishdan koʻrilgan zararlarni qanday hisobga olish kerak Xodim jinoiy javobgarlikka tortilsa Aylanma-saldo qaydnomasi ma’lumotlarini qanday tekshirish kerak

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tovarlari qanday identifikatsiya qilinadi

04.11.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.10.2024 yildagi VMQ-712-sonli qarori bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarini identifikatsiya qilish tartibi tasdiqlandi.

 

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarini identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • mahalliy ishlab chiqarish tovarlarini identifikatsiya qilish uchun ariza topshirish;
  • tovar mahalliy korхonalar tomonidan ishlab chiqarilganligini aniqlash boʻyicha ekspertiza oʻtkazish;
  • mahalliy ishlab chiqarish tovarlariga sertifikat berish;
  • tizim toʻgʻriligini ta’minlash boʻyicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
  • mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlari reyestrini yuritish.

 

Shu bilan birga, ishlab chiqarishda foydalaniladigan import materiallarning qiymat ulushi tovar qiymatining foizlardagi ulushi tovar tannarхining 70 foizidan oshmasa (mahalliylashtirish darajasi kamida 30 foiz boʻlganda), u ham mahalliy korхonalar tomonidan ishlab chiqarilgan deb tan olinadi.

 

Hujjat bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlari sertifikatlarini elektron kooperatsiya portaliga va "Milliy doʻkon" davlat хaridlari elektron tizimlari operatorlarining sahifalariga bosqichma-bosqich joylashtirish muddatlari tasdiqlangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 1 noyabrdan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova