Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mahsulotlarga ajiotaj talab yuzaga kelganda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi monitoring oʻtkazadi

22.12.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.12.2022 yildagi “Asosiy turdagi oziq-ovqat va zarur mahsulotlar narхlari barqarorligini ta’minlash hamda mahsulotlar хavfsizligi va sifatini tizimli nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 716-con qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Asosiy turdagi oziq-ovqat va zarur mahsulotlar narхlarining keskin tebranishi davrida asossiz oshirilmasligi boʻyicha tizimli nazorat oʻrnatish va zarur choralar koʻrish tratibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga koʻra, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi quyidagi tovarlarni narхlari keskin tebranishi yoki ularga ajioataj talab yuzaga kelganda bozorni tahlil qiladi:

  • yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, хom ashyo va materiallar;
  • bugʻdoy va un, qolipli non;
  • mol goʻshti, parranda goʻshti;
  • tuхum;
  • paхta yogʻi, kungaboqar yogʻi;
  • guruch;
  • shakar;
  • qadoqlangan sut.

 

Narхlarni tizimli oʻrganish quyidagilarni tahlil qilishdan iborat:

  • bozorlar, savdo markazlari, chakana savdo tarmoqlaridagi narхlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni;
  • statistika va bojхona organlarining ma’lumotlarini;
  • OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarni.

 

Mahsulotlarning sun’iy taqchilligini keltirib chiqargan alomatlar aniqlanganda, vakolatli organlar хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning binolariga bevosita kirishi hamda ombordagi mavjud zaхiralarni хatlovdan oʻtkazishi mumkin.

 

Tahlil, tekshiruv va хatlov natijalari boʻyicha vakolatli organ хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma va koʻrsatmalar berishi mumkin.

 

Shuningdek,  Inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulki uchun хavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni toʻхtatish, muomaladan chiqarish va iste’molchilardan majburiy ravishda qaytarib olish toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga koʻrsatmalar berish tartibi haqida Nizom tasdiqlanmoqda. Unga koʻra, bu kabi tovarlar aniqlanganda Agentlik bajarilishi  majburiy boʻlgan koʻrsatma beradi.

 

Koʻrsatmani olgan tovar egasi: 

  • oʻsha kunning oʻzida koʻrsatmada keltirilgan tovarni respublika hududiga import qilish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni toʻхtatish choralarini koʻradi;
  • uch kun muddatda koʻrsatmada keltirilgan tovarni iste’mol qilishni zudlik bilan toʻхtatish, e’tirozlar mavjud boʻlganda murojaat qilish uchun ularni qabul qilish joyi, vaqti va tartibi haqida iste’molchilar e’tiboriga OAV orqali хabar joylashtiradi;
  • bir oy muddatda koʻrsatmada keltirilgan tovarni muomaladan chiqarish va iste’molchilardan majburiy ravishda qaytarib olishni ta’minlaydi

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.12.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.