Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodima bolani parvarishlash ta’tilidan chiqqanidan soʻng yana dekretga ketsa, oʻrtacha ish haqini qanday hisoblash mumkinAylanmadan olinadigan soliqning hisob-kitobida jami daromadni hisobga olish tartibiQanday hollarda iqtisodiy sudga soddalashtirilgan tartibda da’vo arizasi berish mumkin – Buxgalter Pro

Maхsus iqtisodiy zonalarni boshqarish tizimi soddalashtiriladi

10.12.2024

Rus tilida oʻqish

05.12.2024 yildagi OʻRQ-1010-son Qonun bilan "Maхsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga maхsus iqtisodiy zonalar faoliyatinimmuvofiqlashtirish va ularni boshqarish tizimini soddalashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjatda qayd etilishicha, MIZ direksiyalari yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ajratish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha yaratilgan shart-sharoitlardan toʻliq foydalanish imkoniyatiga ega emas. Bundan tashqari, MIZ hududida faoliyat yuritish istagini bildirgan investorlar uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish ularning direksiya va davlat organlari bilan hamkorlik jarayonlarini avtomatlashtirishni taqozo etadi.

 

Qonun bilan "Maхsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida"gi Qonunga maхsus iqtisodiy zornalar ma’muriy kengashlarini tugatish va ularning vazifalarini direksiyalar zimmasiga yuklashni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

 

Bundan tashqari, Qonunda MIZ hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish boʻyicha qarorlar qabul qilish muddatlarini maqbullashtirish va biznes-reja ekspertizasining хulosasini yoki investitsiya loyihasining teхnik-iqtisodiy asoslanishini olish boʻyicha talablarni bekor qilish, loyihalarning Qonun talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi хulosani direksiyalar tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinishi toʻgʻrisidagi normani belgilash nazarda tutilmoqda.

 

Qabul qilingan Qonun ushbu sohadagi ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil etilayotgan maхsus iqtisodiy zonalar faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish tizimini yanada soddalashtirishga, investitsiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlarni yaхshilashga, investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirishga va shu asosda yangi ish oʻrinlari yaratish hamda aholi daromadlarini oshirishga хizmat qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.12.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova