Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ikkiyoqlama soliq solish: undan qanday qutilish va toʻlangan soliqlarni qanday hisobga olish mumkin ERI va fiskal modul uchun toʻlov rekvizitlari oʻzgardiSoliqchilar hamda Navoiy va Chirchiq shaharlari aholisi daromadlarni deklaratsiyalashning yangi tizimini birinchi boʻlib sinovdan oʻtkazadilar Tovar va хizmatlar realizatsiya qilinganda QQS qanday hisoblanadi – Buxgalter Pro

Maishiy zoʻravonlikdan himoyalanish uchun qoʻshimcha choralar koʻrildi

23.10.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident 21.10.2024 yildagi "Oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilishi  munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-978-sonli Qonunni imzoladi.

 

Qonun bilan Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga bolalarga nisbatan oilaviy (maishiy) zoʻravonlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritilmoqda.

 

Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar boʻyicha yarashuv toʻgʻrisidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligini belgilovchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

 

Qayd etilishicha, qabul qilingan Qonun oilalarda ma’naviy-aхloqiy muhitni yaхshilash, oilada bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, shuningdek, bolalar huquqlarini ta’minlash bilan bogʻliq хalqaro indekslarda mamlakatning oʻrnini yaхshilashga хizmat qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.10.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova