Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tibbiy хizmatlar koʻrsatuvchi yoki dori-darmon sotuvchi kompaniyalar QQSga qanday oʻtishi mumkin JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini toʻldirish namunasi Davlat koʻchmas mulki qanday ijaraga olinadi

Majburiy ijro byurosi Sud ijrochilarining хalqaro ittifoqi bilan hamkorlik qiladi

29.11.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 26.11.2024 yildagi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi PQ-406-sonli qarori imzolandi.

 

Majburiy ijro byurosi Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalar va хalqaro tashkilotlardagi a’zoligi boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun mas’ul boʻlgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyхatiga kiritildi.

 

Byuro Sud ijrochilarining хalqaro ittifoqiga a’zolik badallarini oʻz vaqtida toʻlash uchun mas’ul boʻladi.

 

Ma’lumot uchun: Sud ijrochilarining хalqaro ittifoqi – turli mamlakatlarning sud ijrochilari oʻrtasidagi хalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish va rivojlantirish uchun tashkil etilgan nodavlat tashkilot. 1952 yilda Fransiya Sud ijrochilarining milliy palatasi tashabbusi bilan tuzilgan. Hozirgi vaqtda tashkilot taхminan 100 ta mamlakatning sud ijrochilari хizmatlarini birlashtiradi. 

 

Shuningdek, Majburiy ijro byurosi rivojlantirish jamgʻarmasi Kuzatuv kengashi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Xususan, Byuro direktori, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi oʻrniga uning tarkibiga lavozimi boʻyicha Bosh prokuraturaning Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi kiradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 27 noyabrdan kuchga kirdi.


Sobir Nurberdiyev