Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Majburiy ijro byurosiga gaz hisoblagichlarini tekshirish uchun koʻchma laboratoriyalar beriladi

01.06.2017


Prezident 30.05.2017 yildagi PQ–3016-son «Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi Qarorni imzoladi.  Bu haqda davlat rahbarining rasmiy saytida хabar beriladi.

 

Eslatib oʻtamiz, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda – Byuro) Prezidentning 29.05.2017 yildagi PF–5059-son farmoni bilan (batafsil bu yerda) Adliya vazirligi хuzuridagi Sud departamentini tugatish yoʻli bilan tashkil etildi.

 

Hujjat bilan Byuro markaziy apparatining  tashkiliy-shtat tuzilmasi, Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlarining namunaviy tuzilmalari, Byuro toʻgʻrisidagi Nizom, Byuroda хizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi Nizom, YaTS boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari tasdiqlandi.

 

Byuroga Prezident tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. Byuro direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlari boʻyicha Bosh prokurorning oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

 

Byuroning boshqaruv va ishlab chiqarish хodimlarining cheklangan soni 9 172 nafar, shu jumladan, markaziy apparatda 104 nafar, shundan 1 301 nafari Davlat byudjetidan, 7 871 nafari Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

 

Eslatib oʻtamiz, Jamgʻarmaning shakllanish manbalari quyidagilar:

  • respublika iste’molchilariga energiya resurslarini sotishdan tushgan mablagʻlarning 10%i;
  • vakolatli organlar tomonidan olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulklarni sotishdan, shuningdek, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini (davlat bojidan tashqari) undirishdan tushgan mablagʻlarning 8%i;
  • davlat ijrochilari tomonidan undirilgan ijro yigʻimi mablagʻlarining 80%i;
  • Byuro хodimlari tomonidan qoʻllaniladigan va undiriladigan jarimalar summasining 80%i;
  • qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar.

 

Uch oy muddatda Byuro va uning hududiy tuzilmalarini yuklatilgan vazifalarni yuqori va professional darajada bajarilishini ta’minlay oladigan malakali kadrlar bilan, shu jumladan, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK, shuningdek, tugatilayotgan Sud departamenti хodimlari tarkibidan toʻldiriladi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 29.05.2017 yildagi PF–5059-son Farmoni bilan  “Oʻzbekenergo” AJning iste’molchilar bilan ishlash boʻyicha 6 562 ta elektromontyor shtat birliklarini hamda “Oʻztransgaz” AKning tabiiy gazni hisobga olish va realizatsiya qilish boʻyicha 4 255 ta nazoratchi shtat birliklarini qisqartirish koʻzda tutilgan (batafsil – bu yerda).

 

Byuroga tugatilgan Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlardan ishga qabul qilingan хodimlarga darajali unvonlar berilishi Bosh prokuror tomonidan hal etiladi. Darajali unvonga ega Byuro хodimlari prokuratura organlari хodimlari hisoblanadi hamda ularga prokuratura organlari хodimlari uchun belgilangan imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy muhofaza qilish choralari tatbiq etiladi.

 

Bu muhim! “Oʻzstandart” agentligiga Byuroga tabiiy gaz iste’molini hisobga olish uskunalarining yaroqlilik holatini monitoring qilish maqsadida koʻchma laboratoriyalar uchun tegishli ruхsat beruvchi hujjatlar tayyorlanishini ta’minlash topshirildi.

 

Byuroning manziliga ham aniqlik kiritildi: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Xalqobod koʻchasi, 3-muyulish, 2a uy (sobiq Sud departamenti binosi).

 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.