Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Maktab oʻquvchilarini ma’naviy tarbiyalash konsepsiyasi tasdiqlandi

05.10.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 3.10.2022 yildagi “Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 558-son qarori qabul qilindi.

 

Konsepsiya Prezidentning “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”    2022 yil 11 maydagi PQ-241-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va quyidagilarni nazarda tutadi:

  • maktab ta’limini umummilliy harakatga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni mazmunan yangi bosqichga koʻtarish;
  • maktab oʻquvchilarining kitob mutolaasi va kitobхonlik madaniyatini oshirish, ma’naviy kuch va milliy iste’dodlarni saqlash;
  • harbiy vatanparvarlik hamda buyuk ajdodlar jasoratini targʻib etish, oʻrganish;
  • uzluksiz ta’lim tizimida ma’naviy tarbiya asoslarini kuchaytirish;
  • oʻquvchilarni zamonaviy bilim va tajriba, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash jarayonida maktab, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlash.

 

Hujjat bilan Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan “yoʻl хaritasi” ham tasdiqlandi.

 

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab davlat umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida oʻquvchilar uchun tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasini toʻliq joriy etish talabi bekor qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.10.2022 yildan kuchga kirdi. 

 

Lola Abduazimova.