Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Maktabgacha ta’lim boʻyicha mobil guruhlar barcha hududlarda tashkil etiladi

09.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 03.08.2021 yildagi “Mobil guruhlar bazasida maktabgacha ta’lim   хizmatlarini   koʻrsatish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 494-son qarori qabul qilindi.

 

Vazirlar Mahkamasining 18.09.2019 yildagi 786-son qaroriga muvofiq 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab, respublikaning tegishli 13 ta tumanlarda zamonaviy talablarga javob beradigan va qayta jihozlangan ISUZU NC 40 avtobuslarda mobil guruhlar tajriba-sinov tariqasida tashkil etilgan.

 

2021-2022 oʻquv yilidan boshlab, respublikaning barcha hududlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) mobil guruhlar bazasida maktabgacha ta’lim хizmatlarini koʻrsatish tizimi joriy etiladi.

 

Hujjat bilan Maktabgacha ta’lim mobil guruhlar faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi, u quyidagilarni nazarda tutadi:

  • mobil guruhlarni tashkil etish, ularni viloyatning eng yaqin davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tegishli tuman (shahar) maktabgacha ta’lim boʻlimlarining buyrugʻiga asosan biriktirish tartibi;
  • bolalar oʻzini qulay his etishiga, maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq mobil guruhlarni jihozlash normativlari;
  • maktabgacha ta’lim mobil guruhlarning ta’lim berish va oʻyin faoliyatini tashkil etish uchun maydonchalarni jihozlash normativlari;
  • mobil guruhlariga bolalarni qabul qilish tartibi.

 

Mobil guruhlar zamonaviy talablarga javob beradigan normativlarga muvofiq qayta jihozlangan maхsus avtotransport vositalari - avtobuslar bazasida tashkil etiladi. Bir mobil guruhdagi bolalar soni kamida 16 nafar, koʻpi bilan 30 nafar boʻlishi lozim.

 

Mobil guruhlarga bolalar quyidagilar asosida qabul qilinadi:

  • bolaning qonuniy vakillari arizasi;
  • tuman (shahar) maktabgacha ta’lim boʻlimlari tomonidan beriladigan yoʻllanma;
  • bola sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy ma’lumotnoma.

 

Mobil guruhlarda oʻquv yili har yili 2 sentyabrdan kelgusi yilning 31 mayigacha hamda yozgi sogʻlomlashtirish davri 1 iyundan 31 avgustgacha hisoblanadi.

 

Mobil guruhlarning ish tartibi 1 kunda 3 smenagacha, hafta davomida 6 kungacha amalga oshirilishi mumkin. 1 smenadagi mashgʻulotlar davomiyligi esa 3 soatgacha boʻlishi lozim. Bunda mobil guruhlarda davlat maktabgacha ta’lim хizmatlari bepul koʻrsatiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.