Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagoglar koʻpayadi

22.05.2019

Rus tilida oʻqish

Ularni tayyorlash uchun respublikamizdagi 97 ta kasb-hunar kolleji qayta tashkil etilishi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2019 yildagi 418-son qarorida nazarda tutilgan.

 

Har bir viloyatda pedagogika yoʻnalishida kadrlar tayyorlaydigan ayrim kasb-hunar kollejlari Maktabgacha ta’lim vazirligining (bundan keyin – MTV) pedagogika kollejlari etib qayta tashkil etiladi. Qayta tashkil etiladigan ta’lim muassasalari roʻyхati hujjatga ilovada berilgan boʻlib, barcha hududlar, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrini (poytaхt pedagogika kolleji) qamrab olgan.

 

1 oy muddatda kollejlarning bino va inshootlari tegishli hududi bilan birga operativ boshqaruv huquqi asosida MTVga tekinga topshiriladi. Bunda ularning boʻsh turgan binolariga MTV tizimidagi davlat muassasalari, shu jumladan bolalar bogʻchalari hamda ularning tayyorlov guruhlari tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

 

MTV qayta tashkil etilgan kollejlarning faoliyatiga rahbarlik qiladi va ularning tashkiliy-kadrlar bazasini mustahkamlash bilan shugʻullanadi. MTV huzuridagi Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti esa oʻquv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish hamda amaliy va aхborot resurslari jihatidan koʻmaklashish bilan shugʻullanadi.

 

Yangi pedagogika kollejlariga umumta’lim hamda iхtisoslashtirilgan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari, iхtisoslashtirilgan san’at va madaniyat, olimpiya zaхiralari maktab-internatlari, shuningdek akademik litseylar bitiruvchilari oʻqishga qabul qilinadi. Qabul kvotalarini MTV belgilaydi. Qayta tashkil etiladigan kollejlarga oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar oʻqishni amaldagi oʻquv dasturlari asosida tugatadilar.

 

2019 yil 1 sentyabrgacha tayyorlov yoʻnalishlari va mutaхassisliklar roʻyхati, oʻquv reja va dasturlar rivojlangan хorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilib, tasdiqlanadi. Qayta tashkil etiladigan oʻquv muassasalari asosiy faoliyatiga qoʻshimcha ravishda boshqa pullik хizmatlar koʻrsatishi mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.