Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Maktabgacha ta’lim sohasida DXSh moliyalashtiriladi

13.04.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 12.04.2021 yildagi «Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5071-son qarori qabul qilindi. 

 

Hujjatda ta’kidlanishicha, 2018-2019 yillarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun 1 412 ta davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar imzolangan, ulardan:

  • 1 097 tasi boʻyicha imtiyozli kreditlar ajratilgan, 74 tasi boʻyicha bitimlar bekor qilingan;
  • 241 tasi boʻyicha moliyaviy manbalar mavjud boʻlmaganligi sababli bugungi kungacha kreditlar ajratilmagan.

 

Qaror bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining 2018-2019 yillarda imzolangan DXSh toʻgʻrisidagi bitimlarga kredit mablagʻlarini bosqichma-bosqich ajratish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullandi.

 

Mazkur kreditlarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilandi:

  • qurilish ishlari boshlangan bitimlar boʻyicha – Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasidan jalb etilayotgan 10,9 mln AQSh dollari ekvivalentidagi imtiyozli qarz mablagʻlari hamda tijorat banklarining oʻz mablagʻlari;
  • qurilish ishlari boshlanmagan bitimlar boʻyicha – 2021 yilning ikkinchi yarmida ushbu maqsadlar uchun jalb qilinadigan umumiy qiymati 70 mln AQSh dollari miqdoridagi tashqi qarz mablagʻlari.

 

Imzolangan 241 ta DXSh toʻgʻrisidagi bitimlarni moliyalashtirish uchun kreditlar 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan beriladi. Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi va tashqi qarz mablagʻlari hisobidan kreditlar Prezidentning 30.01.2020 yildagi PQ-4581-son qarorining 3-bandi «b» kichik bandida koʻrsatilgan tabaqalashtirilgan foiz stavkalarida ajratiladi.

 

Tijorat banklari mablagʻlari hisobidan kreditlar bozor foiz stavkalarida ajratiladi. Kreditlar davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlarda nazarda tutilgan, хususiy sherikning oʻz mablagʻlari hisobidan bajarilishi (sotib olinishi) lozim boʻlgan ishlar (tovarlar) toʻliq amalga oshirilgandan soʻng tijorat banklari tomonidan moliyalashtiriladi.

 

Maktabgacha ta’lim vazirligiga quyidagilarni amalga oshirish topshirildi:

  • uch hafta muddatda DXSh toʻgʻrisidagi bitim imzolanib moliyalashtirilmasdan qolgan 241 ta loyihaning amaldagi holatini, shu jumladan bajarilgan qurilish ishlari hajmini oʻrganib chiqish hamda ularning reytingini shakllantirish;
  • bir oy muddatda belgilangan tartibda shakllantirilgan reyting asosida moliyalashtirish manbalarini koʻrsatgan holda loyihalar roʻyхatini tuzish hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

 

Moliya vazirligi zaruratga koʻra respublika byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga qoʻshimcha mablagʻlarni ajratishga haqlidir.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.