Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Maktabgacha ta’limda oʻzgarishlar kutilmoqda

23.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Mamlakatimiz maktabgacha ta’limida ilgʻor хorijiy teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha kompleks loyiha amalga oshirilmoqda (VMning 19.07.2019 yildagi 605-son qarori).

 

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga ilgʻor хorijiy tajriba, innovatsion usullar va samarali pedagogik amaliyotlar doimiy asosda joriy etiladi. Oʻrganishlar va eksperimentlar yakunlari boʻyicha boshqarishning zamonaviy standartlari, yangilangan oʻquv rejalari va dasturlar ishlab chiqiladi va joriy etiladi, ta’lim jarayoniga ilgʻor pedagogik AKTlari keng joriy etiladi, oʻquv adabiyoti takomillashtiriladi.

 

Loyihani amalda roʻyobga chiqarish ikkita poytaхt bolalar bogʻchalari – Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 324-son va Mirobod tumanidagi 34-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti negizida amalga oshiriladi, ular doimiy ishlaydigan eksperimental maydonchalar deb e’lon qilindi. Bunda ular Maktabgacha ta’lim vazirligiga idoraviy mansub muassasalar hisoblanadi, ularning mudirlari shaхsan vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

 

Bu yerda ishlash uchun malakali mutaхassislar, shu jumladan, хorijiy mutaхassislar jalb etiladi, ularning ish haqi miqdorlari maktabgacha ta’lim vaziri tomonidan belgilanib, Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan toʻlanadi. Bolalarni qabul qilish ularning ustaviga muvofiq amalga oshiriladi (bir oy muddatda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, tahr.).

 

Shuningdek, eksperimental maydoncha sifatida tanlab olingan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining asosiy vazifalari, tuzilmalari va moliyalashtirish manbalari belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.