Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mamlakatda onalik va bolalikni muhofaza qilish kuchaytiriladi

27.04.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 25.04.2022 yildagi “2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilindi.

 

Qaror bilan 2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

 

Hujjatga koʻra, quyidagilar tashkil etiladi:

  • Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi binosini yangidan qurish orqali Nukus shahrida “Bolalar tibbiyot klasteri”;
  • yangidan tashkil etilayotgan 46 ta tumanlararo perinatal markazlarda chaqaloqlar reanimatsiyasi boʻlimi;
  • 2022 yil 1 maydan boshlab tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari, shuningdek, Toshkent shahri oilaviy poliklinikalarida bolalar boʻlimi;
  • tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida amaldagi shtat birliklari doirasida bolalar anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimlari hamda kechayu kunduz shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatuvchi pediatriya postlari;
  • Respublika iхtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bolalarda irsiy-genetik, shu jumladan, orfan kasalliklarga barvaqt tashхis qoʻyish boʻyicha Referens laboratoriya va hududlarda uning 17 ta mintaqaviy laboratoriyalari.

 

Shuningdek, Respublika perinatal markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar perinatal markazlari va bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida 2022-2023 yillarda jami 29 ta shoshilinch perinatal hamda shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

 

2022 yil 1 maydan boshlab Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bemor bolalarga qarovchi shaхslar (ota-ona va boshqalar) uchun bepul ovqatlanish joriy qilinadi.

 

Hujjat bilan ayrim qonunchilik huddatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Saodat Usmanova.