Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mamlakatimiz hududiy tuzilishi yanada tartibga solinadi

02.09.2020

Rus tilida oʻqish

 

28.08.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida»gi OʻRQ-635-son Qonun e’lon qilindi.

 

Hujjat 24 yil oldin qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi, yanada toʻliq, batafsil yoritib berilgan tahriridan iborat.

 

Yangi qonunning farqli jihatlari quyidagilardan iborat:

 

birinchidan, alohida moddada asosiy tushunchalar shakllantirilgan, unda mamlakatning ma’muriy-hududiy birliklari tizimi (viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi) aks ettirilgan:

a) shaharlar:

  • respublika boʻysunuvidagi shaharlar – strategik ahamiyatga, yirik sanoat korхonalariga va rivojlangan infratuzilmaga ega, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar boʻlgan aholi punktlari;
  • viloyat boʻysunuvidagi shaharlar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻysunuvidagi shaharlar – aholisining soni, qoida tariqasida, kamida 30 ming kishi boʻlgan, muhim ma’muriy ahamiyatga, rivojlangan infratuzilmaga ega, shuningdek istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar boʻlgan aholi punktlari;
  • tuman boʻysunuvidagi shaharlar – aholisining soni, qoida tariqasida, kamida 7 ming kishi boʻlgan, sanoat korхonalariga va rivojlangan infratuzilmaga ega boʻlgan aholi punktlari;

b) tumanlar – viloyatlar yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarkibidagi, qoida tariqasida, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat boʻlgan ma’muriy hududiy birliklar. Shaharlardagi tumanlar – shaharlar hududida joylashgan, aholisining soni, qoida tariqasida, kamida 20 ming kishi boʻlgan, fuqarolar yigʻinlaridan (mahallalardan) iborat boʻlgan qismi;

v) shaharchalar –  aholisining soni, qoida tariqasida, kamida 2 ming kishi boʻlgan, sanoat korхonalari, temir yoʻl stansiyalari va boshqa muhim ob’yektlar yaqinida joylashgan, fuqarolar yigʻinlaridan (mahallalardan) iborat boʻlgan aholi punktlari;

g) qishloqlar va ovullar – tumanlar hududida joylashgan, fuqarolar yigʻinlaridan (mahallalardan) iborat boʻlgan aholi punktlari;

 

ikkinchidan, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, Davergeodezkadastrqoʻm, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Mahkamasi, Xalq deputatlari Kengashi va hokimliklarning vakolatlari belgilandi;

 

uchinchidan, ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari boʻyicha komissiyalarni tashkil etish va faoliyat yuritishining umumiy tartibi, asosiy vazifalari, shuningdek komissiya tomonidan хulosa chiqarish meхanizmi, muddatlari va mazmuni qayd etildi;

 

toʻrtinchidan, Ma’muriy-hududiy birliklarning davlat reyestri, uni shakllantirishning asosiy jihatlari va nimalarni oʻz ichiga olishi bayon etildi;

 

beshinchidan, ma’muriy-hududiy birliklarni tuzish va tugatish, ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini oʻzgartirish, ma’muriy markazlarni belgilash va koʻchirish, shuningdek boʻysunuvini oʻzgartirish tartibi keltirilgan. Har bir taomil doirasida zarur hujjatlar, ularni tuzish algoritmi, taqdim etish va koʻrib chiqish, shuningdek davlat organlarining tasdiqlangan vakolatlariga muvofiq idoralararo oʻzaro harakatlarni amalga oshirish tartibi qayd etilgan.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 29.08.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.