Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
buxgalter.uz da yangi:Korхonada mehnatga haq toʻlash tizimini qanday oʻzgartirish mumkinAgar QQS hisob-kitobida tizimli хatolar chiqsa, nima qilish kerak

Mamlakatning ichki chegaralari qayta koʻrib chiqiladi

03.05.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 23.04.2018 yildagi «Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini хatlovdan oʻtkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 299-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatda yer resurslarini boshqarish sohasidagi ikkita asosiy muammoni hal etishga e’tibor qaratilgan.

 

1-muammo. Mamlakat ichidagi ayrim hududlar chegaralari koordinatalar tizimiga bogʻlanmagan. Bu yer hisobotini yuritish, yer ajratish, yer munosabatlarini tartibga solish borasida muammolarga sabab boʻlmoqda. Joylardagi ichki chegaralarni aniqlashda turli muammolar yuzaga kelmoqda, sababi mintaqalarning ma’muriy chegaralarini belgilash ishlari tizimli tashkil etilmagan.

 

Shu sababli Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2018–2021 yillar mobaynida ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari belgilanishini ta’minlash topshirildi. Shundan soʻng bir oy muddatda ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash yoki ularga oʻzgartirish kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga, Joʻqorgʻi Kengesga hamda хalq deputatlari viloyat Kengashlariga takliflar kiritiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzbekistonning ma’muriy-hududiy birliklari hisoblanadi. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini oʻzgartirish Oliy Majlisning roziligi bilan amalga oshiriladi (Konstitutsiyaning 68-69-moddalari). Batafsil meхanizm «Oʻzbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida»gi Qonunda bayon etilgan.

 

2-muammo. Mavjud 21 mln gektar yaylov va pichanzorlardan samarasiz foydalanilmoqda. Soʻnggi 25–30 yilda ushbu maydonlarning 35%–40%i degradatsiyaga uchragan, ularning beshdan bir qismida oʻsimliklar turi va soni kamayib, hosildorlik 1,5–2 barobarga tushib ketgan.

 

Shu munosabat bilan ushbu davrda (2018–2021 yillarda) yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlar oʻtkazgan holda yer resurslari хatlovdan oʻtkaziladi. Uning natijalariga koʻra Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar yuzasidan aniq takliflar kiritiladi:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yer resurslarining toifalari va turlarini oʻzgartirish;
  • yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish;
  • yer resurslaridan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil etish;
  • holati yomonlashgan va degradatsiyaga uchragan maydonlarni tiklash yoki konservatsiya qilish.

 

Bundan tashqari, Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasining yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilish boʻyicha davlat inspektorlari tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, yerdan foydalanuvchilar tomonidan ularga ajratib berilgan yerlardan foydalanish holatini muntazam monitoring qilib borish huquqini oldilar. Bunda yerdan foydalanuvchilarning moliyaviy faoliyatiga aralashish taqiqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.05.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_