Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi qoidalar boʻyicha sanitariya-epidemiologik хulosani qanday olish mumkin Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi summasidan ish haqi boʻyicha ortiqcha toʻlovni ushlab qolish mumkinmi Ish haqi oʻzgarganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini (kasallik ta’tilini) qanday qayta hisoblash kerak Bojхona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibida nimalar oʻzgardi

Ma’mun akademiyasi uchun yangi tuzilma tasdiqlandi

25.04.2017


Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 apreldagi 211-son «Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy boʻlimi - Xorazm Ma’mun akademiyasiga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi.

 

Shuningdek Xorazm Ma’mun akademiyasining tuzilmasi, uning faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

 

Bundan tashqari, Xorazm viloyatida ilm-fan bilan bogʻliq barcha ishlarni zamon talablari darajasida muvofiqlashtirish maqsadida Xorazm Ma’mun akademiyasi huzurida Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif ma’qullandi.

 

Tegishli davlat organlariga Qarordan kelib chiqadigan topshiriqlar berildi.

 

Eslatib oʻtamiz, Xorazm Ma’mun akademiyasi 1997 yil 11 noyabrdagi PF-1880-son “Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish toʻgʻrisida” Prezident Farmoniga muvofiq Xiva shahrida tashkil etilgan.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 24 aprelda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.