Vazirlar Mahkamasining 10.12.2024 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari davlat reyestrini yuritish va ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari boʻyicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish tartiblarini belgilash toʻgʻrisida»gi VMQ-832-son qarori qabul qilindi.
Reyestr quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi:
- ma’muriy-hududiy birliklarning toifalari va nomlari;
- hudud kodi;
- ma’muriy-hududiy birliklarning ma’muriy markazlari;
- ma’muriy-hududiy birliklarning tavsiflari va kartografik chizmalari;
- ma’muriy-hududiy birliklarni tuzish, tugatish va ularning chegaralarini oʻzgartirish, boʻysunuvini oʻzgartirish sanalari;
- doimiy aholi soni va boshqalar.
Reyestr Kadastr Agentligi tomonidan yuritiladi.
Hujjat bilan:
- Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
- ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom;
- ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilindi va 11.12.2024 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev




