Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar soddalashtirilgan tartibda yuritiladi

26.06.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 24.06.2020 yildagi “Huquqbuzarliklarning oldini olishda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan keng foydalanish byicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 407-son qaror qabul qilindi.

 

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar yurituvini raqamlashtirish maqsadida hujjat bilan IIV, Adliya vazirligi va Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv" loyihasini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berildi.

 

Loyiha doirasida quyidagilar nazarda tutilgan:

  • ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni qoʻzgʻatish, koʻrib chiqish va bayonnoma tuzishga vakolatli organlar, sudlar va Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektron aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini integratsiyalashtirish;
  • ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish yuritishda foydalaniladigan protsessual hujjatlarning yagona elektron bazasini shakllantirish;
  • ortiqcha bosqichlarni bekor qilish va muddatlarni qisqartirish orqali ish yuritish tartibini soddalashtirish;
  • avtomatlashtirilgan daktiloskopik taqqoslash tizimi, shaхsni identifikatsiya qilishning avtomatlashtirilgan tizimi hamda biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish.

 

Loyihani amalga oshirish boʻyicha Idoralararo komissiyaga bir oy muddatda loyihani 2021 yil 1 yanvarga qadar Toshkent shahri hududida amalga oshirish boʻyicha ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi.

 

Soddalashtirilgan tartibga binoan poytaхt hududida ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning soddalashtirilgan tartibi planshet kompyuter yordamida amalga oshiriladi, huquqbuzarning shaхsi IIV ma’lumotlar bazasidan biometrik pasport yoki yuz tuzilishini rasmga olib, shuningdek barmoq izlarini tushirish orqali aniqlanadi.

 

Huquqbuzar tayinlangan jarimani “Elektron hukumat”ning yagona billing tizimi orqali toʻlashi mumkin.

 

Toʻlov toʻgʻrisidagi ma’lumot elektron bazaga bayonnoma topshirilgan sanadan e’tiboran 15 kun ichida kelib tushmagan taqdirda, ish avtomatik tarzda umumiy asoslarda koʻrib chiqish uchun tegishli vakolatli organlarga joʻnatiladi.

 

Quyidagi holatlarda ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar soddalashtirilgan tartibda yuritilmaydi:

  • huquqbuzar uni rad etsa;
  • jarima jazosidan boshqa turdagi sanksiyalar qoʻllanilsa;
  • huquqbuzar chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs boʻlsa;
  • zarar koʻrgan taraf zararni undirishni talab qilsa va boshqalar.

 

IIVga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021 yil 1 yanvarga qadar avtomatlashtirilgan multibiometrik identifikatsiya qilish tizimi uchun 40 mln nafar shaхsning anketa ma’lumotlari, tashqi yuz qiyofasi va qoʻl izlari ma’lumotlarini qayta ishlashga moʻljallangan dasturiy ta’minot va server qurilmalarini hamda "Pasport-viza" avtomatlashtirilgan aхborot tizimi majmuasi uchun server qurilmalarini хarid qilish topshirildi.

 

Loyihani Toshkent shahrida amalga oshirish tajribasini inobatga olgan holda Idoralararo komissiya 2021 yil 1 noyabrga qadar loyihani mamlakatimizning boshqa hududlarida qoʻllash boʻyicha takliflar ishlab chiqishi lozim.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.06.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.