Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ma’muriy huquqbuzarliklar jinoyat ishlari boʻyicha sudlarda koʻrib chiqiladi

19.01.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan «Sud qarorlarini qayta koʻrish institutining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Qonun imzolandi (12.01.2021 yildagi OʻRQ-665-son Qonun).

 

Qonun bilan MJTKga quyidagi asosiy oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi:

  • endi ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar jinoyat ishlari boʻyicha sudlarda koʻrib chiqiladi;
  • oʻziga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror chiqarilgan fuqarolar ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi bayonnomaning koʻchirma nusхasini, shuningdek sud majlisining audio- yoki videoyozuvini olishga haqli;
  • ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qaror ustidan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ tomonidan shikoyat berilishi mumkin.

 

Bundan tashqari, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni nazorat tartibida koʻrib chiqish bekor qilinadi, bu ishlar boʻyicha apellyatsiya instansiyasi joriy etiladi.

 

Sudning ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan shikoyat (protest) ish bilan birga 3 sutka ichida apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborilishi lozim.

 

Birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) u ishning barcha materiallari bilan kelib tushgan kundan e’tiboran 15 sutka ichida apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrilishi lozim.

 

Belgilanishicha, sud hujjatining noqonuniyligi, asoslantirilmaganligi va adolatsizligi sud hujjatini kassatsiya tartibida oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.

 

Kassatsiya instansiyasi sudi ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni Oliy sud raisi, Bosh prokuror yoki ularning oʻrinbosarlari kiritgan protestga koʻra kassatsiya tartibida takroran koʻradi.

 

315-moddaning birinchi qismiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaхsga) yoki jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining qarori ustidan esa apellyatsiya instansiyasi sudiga shikoyat berilishi mumkin. Iqtisodiy sudning qarori ustidan Iqtisodiy protsessual kodeksda belgilangan tartibda, fuqarolik ishlari boʻyicha sudning qarori ustidan esa Fuqarolik protsessual kodeksda belgilangan tartibda shikoyat berilishi mumkin.

 

Qonun bilan MJTKga boshqa oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.01.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.