Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ma’muriy jarimalarni toʻlashning soddalashtirilgan tartibi joriy etilmoqda

23.03.2020

Rus tilida oʻqish

 

Jarima summasining 70%ini 15 kun ichida toʻlagan holda qolgan 30%ini soʻndirmasa boʻladi. Tegishli tuzatishlar MJTKga kiritildi (17.03.2020 yildagi OʻRQ-612-son Qonunga qarang).

 

Huquqbuzar jarima toʻlashi lozim boʻlgan umumiy muddat 15 kundan 30 kungacha oshirildi. U jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan e’tiboran hisoblab chiqariladi. Bu faqat 2020 yil 18 martdan keyin chiqarilgan jarima solish toʻgʻrisidagi qarorlarga taalluqli.

 

Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni toʻlash qismida oʻzgarishlar yoʻq. Ilgarigidek, ular qaror olingan kundan e’tiboran 60 kun ichida toʻlanishi kerak.

 

Bir vaqtning oʻzida jarima solish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilmoqda. Endi, huquqbuzar jarima summasining 70%ini unga qaror topshirilgan kundan e’tiboran 15 kun ichida iхtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda u qolgan qismidan (30%) ozod etiladi.

 

Quyidagi hollarda soddalashtirilgan tartib qoʻllanilmaydi:

  • ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;
  • jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
  • хuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda.

 

Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan v a18.03.2020 yildan kuchga kirdi.


Oleg Zamanov