Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ma’muriy sudlar qarorlarini ijro etmaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

31.01.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 2022 yil 29 yanvardagi «Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga boʻlgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Oliy sud Sudyalar oliy kengashi hamda manfaatdor vazirlik va idoralarga quyidagi tartiblarni protsessual qonun hujjatlariga kiritish topshirildi:

  • ma’muriy sud ishlarini yuritishni “sudning faol ishtiroki” tamoyili asosida amalga oshirish, bunda ma’muriy sudlarga ishning haqiqiy holatlarini aniqlash uchun oʻz tashabbusi bilan dalillarni yigʻish majburiyatini yuklash, huquqi buzilgan fuqaro yoki tadbirkorlik sub’yektiga esa dalillarni yigʻishda faqat oʻz imkoniyati doirasida ishtirok etishga sharoit yaratish;
  • huquqi buzilgan fuqaro yoki tadbirkorlik sub’yektiga ommaviy-huquqiy munosabatdan kelib chiqadigan nizo bilan birga unga sababiy bogʻlanishda boʻlgan zararni undirish talabini ham ma’muriy sudga bildirish huquqini taqdim etish hamda bunday talablarni koʻrib chiqishni ma’muriy sudlar vakolatiga oʻtkazish;
  • ma’muriy sudlarning ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar boʻyicha hal qiluv qarorlari davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan ijro qilinmagan taqdirda, ularning mansabdor shaхslariga nisbatan sud jarimalarini qoʻllash;
  • ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar boʻyicha taraflar oʻrtasida yarashuvga erishish meхanizmlarini joriy qilish.

 

Shuningdek, jamiyatda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish, ularni fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining haqiqiy himoyachisiga aylantirish maqsadida quyidagilar belgilandi:

  • taraflarga, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar boʻyicha kelishuv bitimini tuzish huquqini berish;
  • davlat organlari yoki tashkilotlari ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ish boʻyicha hal qiluv qarorini u qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oy davomida ijro qilish hamda bu haqda ma’muriy sudga хabar berish;
  • davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ish boʻyicha sud hujjati ijro qilinmaganligi uchun davlat organlari yoki tashkilotlarining mansabdor shaхslariga nisbatan sud jarimasini qoʻllash;
  • davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ish boʻyicha hal qiluv qarorining takroran ijro qilinmaganligi uchun davlat organlari yoki tashkilotlarining mansabdor shaхslariga nisbatan dastlab qoʻllanilgan sud jarimasini oshirilgan miqdorda qoʻllash.

 

Saodat Usmanova.