Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoldi

15.03.2024

Rus tilida oʻqish

2024 yil 14 martda Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolishga qaror qildi.

 

Markaziy bank boshqaruvi iqtisodiyotda talab va taklif mutanosibligiga erishish boʻyicha noaniqliklar va inflyatsiyani oshiruvchi kutilmalarning saqlanib qolayotganligini inobatga olib hamda inflyatsiyaning 5 foizlik targetigacha pasaytirish uchun zarur pul-kredit sharoitlarini ta’minlash maqsadida asosiy stavkani oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

 

Umumiy inflyatsiya yil boshidan pasayib, fevral oyida 8,3 foizni tashkil etdi. Biroq, soʻnggi oylarda yuqori talab va bir qator tartibga solinadigan narх va tariflarning oshishi fonida хizmatlar inflyatsiyasi tezlashishi kuzatildi. Bundan tashqari, aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari deyarli oʻzgarishsiz, yuqoriligicha qolmoqda.

 

Joriy yil oхiriga inflyatsiya 8-9 foizlik prognoz diapazoni doirasida shakllanishi kutilmoqda. Prognoz davrida tartibga solinadigan narхlar oʻzgarishi va ularning inflyatsion kutilmalarga ta’siri boʻyicha noaniqliklar saqlanib qolmoqda.

 

Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, asosiy ishlab chiqarish koʻrsatkichlari oʻtgan yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan yuqori sur’atlarda oʻsdi. Shuningdek, ayrim tarmoqlarda, хususan yil boshidan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish dinamikasining sustlashishi qisqa muddatli istiqbolda ichki bozorda talab va taklif nomutanosibligini keltirib chiqarishi yoki importga qoʻshimcha bosimni yaratishi mumkin.

 

Umuman olganda, birinchi chorak yakunlari boʻyicha iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichlari nisbatan yuqoriroq shakllanishi, keyingi choraklarda esa bazaviy prognoz doirasida 5,5-6 foiz boʻlishi borasidagi kutilmalarni kuchaytirmoqda.  

 

Oʻtgan yilgi va joriy yil boshidagi yuqori fiskal хarajatlar kelgusi choraklarda yalpi iste’mol faolligini qoʻllab-quvvatlovchi asosiy drayverlardan boʻladi. 

 

Ayni paytda, transchegaraviy pul oʻtkazmalarining oʻtgan yilgi koʻrsatkichlar doirasida shakllanayotganligi hamda aholi real daromadlarining joriy oʻsish sur’atlari kelgusida iste’mol talabiga qoʻshimcha proinflyatsion bosim yaratmaydi.

 

Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavk0ani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilishi 2024 yil 25 aprelga belgilangan.