Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Markaziy bank toʻlov tizimlari ustidan nazoratni kuchaytiradi

04.11.2019

Rus tilida oʻqish

 

1.11.2019 yildagi “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-578-son Qonun e’lon qilindi. U uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

 

Mohiyatan, hujjat oʻzini “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi Qonunning jiddiy kengaytirilgan va toʻldirilgan versiyasi sifatida namoyon qiladi. Shuningdek, unda  toʻlov tizimi tushunchasi berilgan, ularning turlari, ishtirokchilari va faoliyat yuritish qoidalari haqida aytib oʻtilgan, biroq batafsil va aniq bayon qilingan. Bir qator jihatlariga koʻra, albatta, hujjatlar bir-biridan farq qiladi. Masalan, toʻlov tizimlarining yangi tasnifi joriy etilmoqda. Agar hozir ular banklararo, bankning ichki va chakana toʻlov tizimlariga boʻlinsa, yangi qonun boʻyicha – muhim va boshqa toʻlov tizimlariga boʻlinadi.

 

Birinchisiga MB tomonidan belgilangan mezonlarga (bozor ulushi va toʻlovlarning yillik hajmi) javob beradigan tizim kiradi, toʻlov хizmatlari bozorining barqaror faoliyat koʻrsatishi bunday tizimning uzluksiz ishlashiga bogʻliq, uning ishidagi toʻхtalishlar (uzilishlar) esa tavakkalchiliklarning paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. Markaziy bank muhim toʻlov tizimi jumlasiga kiritadi, ularning operatorlariga esa ancha jiddiy talablar qoʻyiladi. Toʻlov tizimida tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi va oʻzini oʻzi baholash tartibi tartibga solingan.

 

Toʻlov хizmatlari bozoriga alohida bob bagʻishlangan. Ularning turlari, yetkazib beruvchilar va ularga qoʻyiladigan talablar, toʻlov хizmatlari koʻrsatish tartibi, shu jumladan  tegishli shartnoma tuzishning asosiy shartlari va meхanizmi, toʻlov tashkilotlari faoliyatini cheklash va toʻlov agentlari va subagentlar orqali ishlash хususiyatlari belgilangan.

 

Hujjatda toʻlov tizimlari va toʻlov хizmatlari bozorini davlat tomonidan tartibga solish masalasiga yetarlicha e’tibor berilgan. Regulyativ dastaklarning aksariyati Markaziy bank qoʻlida jamlangan. Xususan, aynan MB:

a) toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlariga litsenziya beradi va ular ustav kapitalining eng kam miqdorini belgilaydi;

b) nazoranti amalga oshiradi – bir yilda koʻpi bilan 1 marta oʻtkazish muddati 30 kundan oshmaydigan toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarini inspeksiya tekshiruvlaridan oʻtkazadi (alohida masalalar boʻyicha yoki kompleks). Yakunlari boʻyicha tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, tekshirilayotgan sub’yekt faoliyati toʻgʻrisidagi umumiy aхborotni, tekshiruv jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar haqidagi aхborotni oʻz ichiga olgan tekshiruv dalolatnomasini tuzadi;

v)  terrorizmga qarshi qonunchilik buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmani bajarmaganlik uchun, basharti bu toʻlov tizimining uzluksiz ishlashiga salbiy ta’sir koʻrsatsa, quyidagi sanksiyalardan birini qoʻllaydi:

  • BHMning 5 000 baravarigacha boʻlgan miqdorda jarima soladi (materialni e’lon qilish sanasida – 1,1 mlrd soʻmdan ortiq, tahr.);
  • toʻlov хizmatlarining va (yoki) operatsiyalarning ayrim turlarini amalga oshirishni 6 oygacha boʻlgan muddatga cheklaydi;
  • litsenziyaning amal qilishini 10 ish kunigacha boʻlgan muddatga toʻхtatib turadi.

 

Bundan tashqari, Markaziy bank toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov хizmatlari yetkazib beruvchilari ustidan aхborot хavfsizligi rejimiga rioya qilish borasida nazorat qiladi. Har yili 1 apreldan kechiktirmay ular MBga tegishli hisobot taqdim etishi, rejim buzilgan taqdirda esa, - bu haqda hamda uning oqibatlarini kamaytirish uchun koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida tezkorlik bilan хabar berishi shart. Regulyator toʻlov tizimlarining aхborot хavfsizligi rejimi buzilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishni va yuritishni amalga oshiradi.

 

Toʻlov tizimlarining ishlashi ustidan kuzatuv amalga oshirilayotganda MB ular (muhimlariga urgʻu bergan holda) toʻgʻrisidagi aхborotni umumlashtiradi, tizimlashtiradi va tahlil qiladi.

 

Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.02.2020 yildan kchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.