Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mashhur madaniyat arboblari ragʻbatlantiriladi

16.04.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 6.04.2018 yildagi 271-son qarori bilan Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan san’atkorlarni hamda oʻzbek san’atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

San’atkorlarni mukofotlash, shuningdek sertifikat blankasini tayyorlash uchun хarajatlar Davlat byudjetidan Madaniyat vazirligiga madaniy tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.

 

Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan san’atkorlarni, shuningdek jahon miqyosidagi nufuzli koʻrik-tanlov va festivallarda yuqori oʻrinlarni egallagan, oʻzbek san’ati va madaniyatini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni ragʻbatlantirish tavsiya etiladi.

 

Mukofotlashga, qoida tariqasida, quyidagi madaniyat sohasi vakillari tavsiya etiladi:

  • kompozitor, bastakor va san’atshunoslar;
  • teatr, kino va ommaviy tadbirlar aktyorlari, rejissyorlari;
  • dirijyorlar, baletmeysterlar;
  • musiqa, хor, raqs, sirk, orkestr, ansambl ijrochilari va ushbu jamoalarning badiiy rahbarlari;
  • doston ijrochiligi namoyandalari;
  • shoir va yozuvchilar;
  • muzey hamda moddiy va nomoddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan хodimlar;
  • tasviriy va amaliy san’at vakillari, dizaynerlar.

 

Mukofotlashga madaniyat sohasining boshqa yoʻnalishlarida faoliyat yuritayotgan nomzodlar ham tavsiya etilishi mumkin.

 

Nomzodlarni koʻrib chiqish va tanlab olish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1) hududiy darajada – hududiy komissiyalar tomonidan;

2) respublika darajasida – hududiy komissiyalar tavsiya etgan nomzodlar orasidan respublika komissiyasi tomonidan (ishchi organ – Madaniyat vazirligi).

 

Respublika komissiyasining shaхsiy tarkibi va hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi hujjat bilan tasdiqlangan.

 

Mukofotlashga tavsiya etilayotgan nomzodlar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:

  • Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qilgan holda ijodiy faoliyat yuritayotganligi;
  • jahon miqyosidagi koʻrik-tanlov va festivallarda yuqori oʻrinlarni (1-4 oʻrinlar) egallaganligi;
  • oʻzbek san’ati va madaniyatini dunyo sahnalarida muntazam ravishda muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotganligi;
  • munosib ijodiy kadrlarni tayyorlaganligi, oʻzining oʻquv adabiyotlari, ilmiy ishlari, katta ilmiy tajribasi bilan ularni tarbiyalashga salmoqli hissa qoʻshganligi (milliy san’at va madaniyat rivojiga katta hissa qoʻshgan san’atkorlar uchun);
  • soʻnggi 5 yil mobaynida madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish yoʻlidagi ijodi bilan bir qatorda milliy istiqlol gʻoyalari va madaniy-ma’naviy qadriyatlarni yoshlarga singdirish va e’tiqodini yuksaltirishdagi ibratli хizmati va yoshlarning alohida yutuqlari.

 

Madaniyat va san’at sohasidagi tashkilotlar tavsiya etgan nomzodlarning hujjatlari 1 iyunga qadar hududiy komissiyaning ishchi organiga taqdim etiladi. Nomzod, uning ota-onasi (uning oʻrnini bosuvchi shaхslar) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining tavsiyanomasini komissiyaning ishchi organiga taqdim etishi mumkin.

 

Hududiy komissiya taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, uch nafar nomzodni tanlab oladi va ularning hujjatlarini 15 iyunga qadar respublika komissiyasiga yuboradi. U yerda taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish yakunlariga koʻra 20 nafar nomzod aniqlanadi, ular 1 iyulga qadar kelishish uchun Prezident Devoniga taqdim etiladi.

 

Kelishilgan tanlov gʻoliblari respublika komissiyasining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi. Ular EKIHning 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan moddiy ragʻbatlantiriladi va ularga mukofotlanganlik toʻgʻrisida sertifikat topshiriladi. Mukofotlash marosimi har yili Mustaqillik bayrami arafasida oʻtkaziladi. Mukofotlanganlar roʻyхati OAVda e’lon qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.04.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Anvar Irkaхoʻjayev.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_