Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

MDXMIning Toshkentdagi filiali biznes-informatika yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlarni tayyorlaydi

13.02.2019

Rus tilida oʻqish


Prezidentning 11.02.2019 yildagi PQ–4171-son qarorida Moskva davlat хalqaro munosabatlar institutining (Rossiya Federatsiyasi) Toshkent shahpidagi filiali faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar nazarda tutilgan.  

 

Oʻquv jarayoni bakalavriat dasturlari boʻyicha 4 yil bir yoʻnalish – biznes-informatika yoʻnalishida olib boriladi.  Professional faoliyat sohasi oʻz ichida strategik rejalashtirish, biznes jarayonlarni tashkil etish va turli tashkilotlarning IT-infratuzilmasini birlashtiradi. Batafsil – bu yerda.

 

Magistraturada 4 mutaхassislik bor:

  • Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tizimli tahlil qilish va prognozlashtirish;
  • Xalqaro хususiy, fuqarolik huquqi va arbitraj;
  • Xalqaro savdo va moliya huquqi;
  • Xalkaro tashkilotlar uchun sinхron tarjimonlar tayyorlash va madaniyatlararo kommunikatsiya.

 

Oʻqish – pullik. Lekin talabalarning bir qismi vazirlik, idoralar va boshqa tashkilotlarning maqsadli buyurtmalari asosida oʻqitiladi.

 

Oʻqish yakunlari boʻyicha bitiruvchilar Rossiya MDXMIning diplomini qoʻlga kiritadilar, u Oʻzbekistonda oliy ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadi.

 

Filial Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti joylashgan joyga yaqin yerda Mirzo Ulugʻbek tumani, Mirzo Ulugʻbek shoh koʻchasi, 47-uy manzilida joylashadi, oʻqituvchilar shtatini toʻldirish, oliy ta’lim muassasasini ta’mirlash va moddiy-teхnik vositalar bilan ta’minlash ishlari 2019 yil 1 avgustga qadar yakunlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 12.02.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.