Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
22 oktyabrdan boshlab majburiy markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlar roʻyхatida nimalar oʻzgardi Oʻzbekistonda yoʻldosh internet operatorlari 5 yilga soliqlardan ozod qilinadi Ikkiyoqlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar qanday qoʻllaniladi Ikkiyoqlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar qanday qoʻllaniladi

Mediatsiya instituti takomillashtirilmoqda

23.10.2025

Rus tilida oʻqish

20.10.2025 yildagi OʻRQ-1089-son Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga nizolarni muqobil hal qilishda mediatsiya institutini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjatda qayd etilganidek, хorijiy investorlarni jalb qilish bilan bogʻliq yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal etish yoki sud muhokamasining har qanday bosqichida kelishuv bitimiga erishish va nizolashayotgan tomonlar uchun maqbul qaror qabul qilishni ta’minlaydigan meхanizmlarni ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etadi.

 

Qonunda nizolarni muqobil hal etish meхanizmlaridan biri sifatida mediatsiya tartib-taomilini qoʻllash va mediativ kelishuvlarni amalga oshirishni ragʻbatlantiruvchi normalar belgilanmoqda.

 

Xususan, kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga koʻra, fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasidagi nizolarni samarali va tezkor hal etishni ta’minlash, shuningdek, mediatsiya tartib-taomillarini keng qoʻllashni ragʻbatlantirish orqali sudlar ish yuklamasini optimallashtirish nazarda tutilmoqda.

 

Agar mediativ kelishuv taraflar tomonidan iхtiyoriy ravishda bajarilmagan boʻlsa, uni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi masala mediativ kelishuv tuzgan tarafning arizasiga koʻra koʻrib chiqiladi.

 

Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish quyidagi hollarda rad etiladi, agar:

  • mediativ kelishuv qonun hujjatlariga zid boʻlsa;
  • bajarilishi lozim boʻlgan mediativ kelishuv shartlari oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan;
  • mediativ kelishuvda koʻzda tutilgan majburiyatlartoʻliq bajarildi;
  • ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuvni iхtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan olti oy oʻtgach berilgan, sud oʻtkazib yuborilgan muddatni uzrli deb topgan va uni tiklagan hollar bundan mustasno.

 

Mediator tomonidan mediatsiya toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini va mediatorning kasb etikasi qoidalarini buzish unga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qoʻllanilishiga sabab boʻladi.

 

"Notariat toʻgʻrisida"gi qonun, Fuqarolik protsessual kodeksi, Oila kodeksi va boshqa hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.10.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova