Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mehnat migrantlari uy-joy bilan qanday ta’minlanadi

12.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga koʻp kvartirali uylardan хonadonlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (29.01.2020 yildagi 39-son VMQga qarang). Bu haqda Adliya vazirligi oʻz Telegram-kanalida ma’lum qildi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 20.08.2019 yildagi PF-5785-son Farmonida uy-joy sharoitlarini yaхshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020 yilda uy-joylar qurilishi boʻyicha davlat dasturlarining ijrosi doirasida koʻp kvartirali uylardan 3 462 ta хonadon ajratilishi nazarda tutilgan.

 

Uy-joy imtiyozli ipoteka krediti asosida taqdim etiladi. Ushbu tartib-taomil bir necha bosqichdan iborat.

 

Dastavval ariza beruvchi talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyaning raisiga murojaat qilishi, soʻrovnoma-arizani va doimiy yashash joyi toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim. Komissiya tomonidan hujjatlar 15 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

 

Komissiya tomonidan arizani koʻrib chiqishda uy-joy sharoitlarini yaхshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari bir qancha ijtimoiy mezonlar asosida aniqlanadi:

  • talabgorda mulk huquqi asosida turar joyning yoʻqligi;
  • turar joyda ijara shartlarida yashashi;
  • boshqa oila bilan bir uyda yashashi;
  • koʻp bolalilik va boshqalar.

 

Hujjatlarni koʻrib chiqish va uy-joy sharoitlarini oʻrganish natijasida komissiya yozma tavsiya berish yoki yozma tavsiya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

 

Yozma tavsiya berilgan ariza beruvchilar dastlabki shartnomalarni tuzish uchun injiniring kompaniyasiga murojaat qiladilar.

 

2020 yil dasturlari ijrosi doirasida uy-joy sharoitlarini yaхshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ipoteka kreditlari 1 yillik imtiyozli davr bilan beriladi, bunda ipoteka kreditidan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7%dan qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.01.2020 yildan kuchga kirdi.