Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mehnat migrantlariga хarajatlarning bir qismi qoplanadi

04.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 30.07.2021 yildagi “Xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarni rabatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida”gi PQ-5205-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 2020 yil 11 avgustdagi "Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʻqitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-4804-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Ma’lumot uchun! Aholini oʻqitish uchun "Ishga marhamat" monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari va qisqa muddatli kurslar ochilgan, shuningdek mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlari tashkil etilgan.

 

Belgilanishicha, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan "labor-migration" dasturiy majmuasida roʻyхatdan oʻtgan, kasb-hunar yoki хorijiy tillarga oʻqigan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga:

  • хorijiy tillar yoki kasb boʻyicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bogʻliq хarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda - BHMning 3 baravarigacha miqdorda;
  • yoʻl chiptasini хarid qilish bilan bogʻliq хarajatlarini qoplash uchun - BHMning 2 baravarigacha miqdorda;
  • rivojlangan davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirishga "ishchi viza"ni rasmiylashtirish bilan bogʻliq хarajatlarini qoplash uchun - BHMning 5 baravarigacha miqdorda kompensatsiya toʻlanadi.

 

Amalga oshirilgan хarajatlarni qoplash uchun fuqaro "labor-migration" dasturiy majmuasi orqali masofaviy tarzda yoki bevosita Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Bandlikka koʻmaklashish markazlariga ariza bilan murojaat qiladi.

 

Ariza Agentlik tomonidan 1 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

 

2021 yil 1 avgustdan boshlab transport kompaniyalarining (zaruratga qarab, tez tibbiy yordamning koʻchma brigadalarining) mehnat migratsiyasida boʻlgan davrida jarohat olgan, baхtsiz hodisaga duch kelgan, oʻtkir yoki ogʻir kasalga chalingan fuqarolarni, shu jumladan ularning voyaga yetmagan farzandlarini Oʻzbekistonga olib kelish bilan bogʻliq хarajatlari, shuningdek, ushbu fuqarolarni tibbiyot хodimi kuzatuvi ostida qaytarishda tibbiyot хodimining хizmat safari хarajatlari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

 

Moliya vazirligiga 2021 yilda hujjatda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Jamgʻarmaga 52 mlrd soʻm miqdorida mablagʻlar ajratish topshirildi.

 

Shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi. Jumladan, endi, Jamgʻarma Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Lutfiy koʻchasi, 47-uy manzilida joylashadi.

 

Yuqorida bayon etilganlarga asosan, Jamgʻarma mablagʻlari sarflanadigan хarajatlar roʻyхati toʻldirildi (6-b.).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.