Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
PQ-296-son qaror boʻyicha chakana savdoda nimalar oʻzgarmoqda «Kasallik varaqasi» ochilgan davrda ishlash: buхgalter qanday yoʻl tutishi kerak Lizingga oluvchida lizingni qanday hisobga olish kerak

Melioratsiya boʻyicha dasturlar qanday shakllantiriladi

02.07.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.06.2025 yildagi «Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 401-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar me’yorlari belgilangan:

  • meliorativ ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash hamda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash boʻyicha hududiy va manzilli dasturlarni shakllantirish, ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • dasturlarga kiritiladigan ob’yektlar boʻyicha loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish;
  • tugallangan ob’yektlarda ishlarni qabul qilib olish.

 

Melioratsiya ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladi.

 

Melioratsiya ob’yektlarini tizimli ta’mirlash va tiklash loyihalari (melioratsiya ob’yektlarining loyihaviy parametrlarini ta’minlash, shuningdek turli oʻsimlik va butalardan tozalash, yon tomonlardagi eroziyani tiklash, yuvish, inshootlar va oʻrnatilgan konstruksiyalarni ta’mirlashga yoʻnaltirilgan ishlar) Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan manzilli dastur asosida amalga oshiriladi.

 

Kelgusi yil uchun hududiy dasturlarni ishlab chiqish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan har yili 15 yanvarga qadar viloyat va tuman ishchi guruhlari tuziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.07.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova